https://oz.sputniknews.uz/20220215/qaysi-xorijiy-otmlar-diplomi-ozbekistonda-imtihonsiz-tan-olinadi-22752485.html
Qaysi xorijiy OTMlar diplomi O‘zbekistonda imtihonsiz tan olinadi
Qaysi xorijiy OTMlar diplomi O‘zbekistonda imtihonsiz tan olinadi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxatini tasdiqladi.
2022-02-15T15:22+0500
2022-02-15T15:22+0500
2022-02-15T15:22+0500
jamiyat
otm
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0f/22752420_0:31:3535:2019_1920x0_80_0_0_f52a62576142d6c3bf95ae828ec0f785.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini tasdiqlandi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi xabar berdi.Quacquarelli Symonds (QS) World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan xalqaro OTM reytingida birinchi 1000 talik ta’lim muassasalarining 2022-yil uchun ro‘yxati e’lon qilindi.Ro‘yxatdan, jumladan, Rossiyaning Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO), Bauman nomidagi Moskva davlat texnik universiteti, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kazan, Tomsk va boshqa shaharlari universitetlari o‘rin olgan. Unda Markaziy Osiyodan faqat Qozog‘istonning bir necha oliygohi bor.Ta’kidlash joizki, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi qarorida belgilangan. Tan olishni tasdiqlatish uchun talabgorlar bevosita Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishi kerak.To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishing.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0f/22752420_401:0:3132:2048_1920x0_80_0_0_bd565aca776b8034fbe2aa4d2ce15f63.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihonsiz tan olinadigan xorijiy otmlar ro‘yxat diplomni tasdiqlatish
o‘zbekiston diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihonsiz tan olinadigan xorijiy otmlar ro‘yxat diplomni tasdiqlatish
Qaysi xorijiy OTMlar diplomi O‘zbekistonda imtihonsiz tan olinadi
Xalqaro tan olingan 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan OTMlaring 2022-yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini tasdiqlandi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi
xabar berdi. Quacquarelli Symonds (QS) World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan xalqaro OTM reytingida birinchi 1000 talik ta’lim muassasalarining 2022-yil uchun ro‘yxati e’lon qilindi.
Ro‘yxatdan, jumladan, Rossiyaning Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO), Bauman nomidagi Moskva davlat texnik universiteti, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kazan, Tomsk va boshqa shaharlari universitetlari o‘rin olgan. Unda Markaziy Osiyodan faqat Qozog‘istonning bir necha oliygohi bor.
Ta’kidlash joizki, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi
qarorida belgilangan. Tan olishni tasdiqlatish uchun talabgorlar bevosita Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishi kerak.
To‘liq ro‘yxat bilan ushbu
havola orqali tanishing.