https://oz.sputniknews.uz/20220215/nodirbek-abdusattorov-jahon-shaxmat-yulduzlariga-qarshi-dona-suradi-royxat-22762537.html
Mukofot jamg‘armasi 150 ming $: Abdusattorov jahon shaxmat yulduzlariga qarshi dona suradi
Mukofot jamg‘armasi 150 ming $: Abdusattorov jahon shaxmat yulduzlariga qarshi dona suradi
Sputnik O‘zbekiston
19 fevraldan Chess24.com sayti orqali o‘tkaziladigan eng yirik “Meltwater Champions Chess Tour” onlayn turnirlar seriyasi doirasidagi ilk musobaqa – “Airthings Masters” boshlanadi.
2022-02-15T22:05+0500
2022-02-15T22:05+0500
2022-02-15T22:09+0500
sport
nodirbek abdusattorov
shaxmat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/16/19790213_0:34:800:484_1920x0_80_0_0_6a2b9699c07773c5321c7f61635b5a09.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. 19-fevraldan Chess24.com sayti orqali o‘tkaziladigan eng yirik “Meltwater Champions Chess Tour” onlayn turnirlar seriyasi doirasidagi ilk musobaqa – “Airthings Masters” boshlanadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar qildi.Mukofot jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil etuvchi mazkur turnir o‘z atrofiga dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagani bilan ahamiyatli.Ular orasida rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor.Musobaqa rapid yo‘nalishida o‘tkazilib, dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o‘zaro kuch sinashadi.Shaxmatchilar to‘plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi.Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi esa pley-off bosqichida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bu bosqichda har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega va yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa tugaydi.Qur’a natijasiga ko‘ra saralash bahslarida Nodirbek Abdusattorov kimlarga qarshi dona surishi ham ma’lum bo‘ldi.Unga ko‘ra, 1-turda Abdusattorov niderlandiyalik mashhur shaxmat ustasi Anish Giri bilan kuch sinashsa, ikkinchi raundda jahon tojdori, ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.Saralash bosqichida Abdusattorovga qarshi dunyo tan olgan shaxmat ustalari – Yan Nepomnyashiy (Rossiya), ayollar o‘rtasida 12-jahon chempioni Aleksandra Kostenyuk (Rossiya), dunyo reytingi peshqadamlaridan Din Lijen (Xitoy), Yan Kshishtof Duda (Polsha), Levon Aronyan (Armaniston), Shaxriyor Mamadiyorov (Ozarbayjon) va boshqalar dona surishadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/16/19790213_0:0:800:601_1920x0_80_0_0_ae913d27a24c6db2b3e301246e7dbc8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nodirbek abdusattorov shaxmat yulduzlariga qarshi
nodirbek abdusattorov shaxmat yulduzlariga qarshi
Mukofot jamg‘armasi 150 ming $: Abdusattorov jahon shaxmat yulduzlariga qarshi dona suradi
22:05 15.02.2022 (yangilandi: 22:09 15.02.2022) Rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat yulduzlariga qarshi dona suradi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. 19 fevraldan Chess24.com sayti orqali o‘tkaziladigan eng yirik “Meltwater Champions Chess Tour” onlayn turnirlar seriyasi doirasidagi ilk musobaqa – “Airthings Masters” boshlanadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi
xabar qildi.
Mukofot jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil etuvchi mazkur turnir o‘z atrofiga dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagani bilan ahamiyatli.
Ular orasida rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor.
Musobaqa rapid yo‘nalishida o‘tkazilib, dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o‘zaro kuch sinashadi.
Shaxmatchilar to‘plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi.
Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi esa pley-off bosqichida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bu bosqichda har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega va yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa tugaydi.
Qur’a natijasiga ko‘ra saralash bahslarida Nodirbek Abdusattorov kimlarga qarshi dona surishi ham ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, 1-turda Abdusattorov niderlandiyalik mashhur shaxmat ustasi Anish Giri bilan kuch sinashsa, ikkinchi raundda jahon tojdori, ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.
Saralash bosqichida Abdusattorovga qarshi dunyo tan olgan shaxmat ustalari – Yan Nepomnyashiy (Rossiya), ayollar o‘rtasida 12-jahon chempioni Aleksandra Kostenyuk (Rossiya), dunyo reytingi peshqadamlaridan Din Lijen (Xitoy), Yan Kshishtof Duda (Polsha), Levon Aronyan (Armaniston), Shaxriyor Mamadiyorov (Ozarbayjon) va boshqalar dona surishadi.