Koronavirusga qarshi emlanganlarga pul berilayotgani haqidagi xabar rad etildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot COVID-19, arxivnoe foto
Vaksinatsiya ot COVID-19, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
SSV: Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar uchun pul mablag‘i berilayotgani haqidagi xabarlar asossiz.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi emlanganlarga pul berilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda vaksina olgan fuqarolarga 750 ming so‘m pul berilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Vazirlik koronavirus pandemiyasi davrida hech qanday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan uydirma ma’lumotlarni tarqatish hollari tez-tez kuzatilayotgani ta’kidlagan. Bu esa, o‘z navbatida, keng jamoatchilik orasida turli tushunmovchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

“Vaksina olgan fuqarolarga 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqidagi axborot hech qanday rasmiy asosga ega emas”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15-yanvardan boshlab 5 oy davomida O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar o‘rtasida “Vaksina - to‘g‘ri tanlov” yutuqli o‘yinlari tashkil qilinadi. O‘yinlar doirasida har hafta 35 ta velosiped, 25 ta televizor, 25 ta smartfon va 25 ta planshet o‘ynaladi. Yutuqli o‘yinlar har hafta 20:30 da Zo'rTV kanalida efirga uzatiladi. Har oyning so‘nggi shanba kunida esa “Malibu” yutib olish mumkin. 15-yanvardan boshlab vaksina olgan barcha fuqarolar avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanishadi.
Yangiliklar lentasi
0