https://oz.sputniknews.uz/20220215/bugun-valieva-figurali-uchish-boyicha-musobaqada-qatnashadi--22749522.html
Bugun Valiyeva figurali uchish bo‘yicha musobaqada qatnashadi
Bugun Valiyeva figurali uchish bo‘yicha musobaqada qatnashadi
Sputnik O‘zbekiston
Bugun Pekinda figurali uchish bo‘yicha musobaqa boshlanadi: Kamila Valiyeva bilan bog‘liq doping-mojarodan so‘ng bu Olimpiya o‘yinlarining eng kulminatsion nuqtasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
2022-02-15T13:55+0500
2022-02-15T13:55+0500
2023-04-05T18:36+0500
pekin-2022: qishki olimpiada kundaligi
xitoy
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0c/22693967_0:181:2999:1868_1920x0_80_0_0_f52631d0c80fc50b8df8f18db3fed1a8.jpg
Bugun Pekinda figurali uchish bo‘yicha musobaqa boshlanadi: Kamila Valiyeva bilan bog‘liq doping-mojarodan so‘ng bu Olimpiya o‘yinlarining eng kulminatsion nuqtasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Sport arbitraj sudi XOQ, ISU va WADA apellyatsiyalarini rad etib, Valiyevaga Olimpiadada ishtirok etishga ruxsat berdi. XOQ bu qarorni afsuslik bildirib tan oldi: Biroq u bunga chidash niyatida emasligini aks etuvchi qarorlarni qabul qildi.Valiyeva qisqa dastur natijalariga ko‘ra kuchli 24talikka kirsa, u erkin dastur bo‘yicha 25-o‘rindan qatnashiga ruxsat beriladi. XOQ buni “adolatlilik sabablari” bilan izohladi.Bundan tashqari, agar Valiyeva medal qo‘lga kiritsa, taqdirlash marosimi o‘tkazilmaydi.Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Valiyeva hozir dunyodagi eng kuchli figurali uchuvchi, biroq asosiy savol u 15 yoshli qiz katta psixologik bosimni yengib, musobaqada eng yaxshi konkida uchishni ko‘rsata oladimi?Valiyevadan tashqari rossiyalik Anna Sherbakova va Aleksandra Trusova, yaponiyalik Kaori Sakamoto, amerikalik Alisa Liu oltin uchun bellashadi.Xalqaro doping-test agentligi (ITA) avvalroq Pekin Olimpiadasining jamoaviy bahslarida chempion bo‘lgan Valiyevada 2021-yil 25-dekabr kuniolingan doping-testi ijobiy chiqqani, unda trimetazidin moddasi aniqlangani haqida xabar bergandi. Test natijasini 8-fevral kuni Stokgolmdagi antidoping laboratoriyasi e’lon qildi. Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) Valiyevaga vaqtinchalik musobaqadan chetlatdi, 9-fevral kuni apellyatsiyasidan so‘ng nisbatan vaqtinchalik chetlashtirish bekor qilindi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Butunjahon antidoping agentligi (WADA) va Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) Sport arbitraj sudiga protest bildirishdi, ish yakshanba kuni kechqurun ko‘rib chiqildi.Dushanba kuni CAS XOQ, ISU va WADA apellyatsiyalari rad etilganini e’lon qildi va Valiyevaga Olimpiadada qatnashishiga ruxsat berishga qaror qildi. CAS o‘z qarorini qabul qilishda sportchining ijobiy doping testi to‘g‘risida kech xabar bergani, Valiyevaning 16 yoshga to‘lmagani uchun "himoyadagi shaxs" maqomini hisobga olganini ma’lum qildi.CAS qarorida ta’kidlanishicha, Valiyevaga doping-test ijobiy chiqqani uchun intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi, ammo bu holatda konkida uchuvchini O‘yinlarning yakkalik bahslarga qo‘ymaslik unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, CAS komissiya rossiyalik ayol ishi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy turnir bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqmaganini bildirdi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0c/22693967_134:0:2865:2048_1920x0_80_0_0_48c63e152fa572b0024d602ac1c63b6d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kamila valiyeva figurali uchish bo‘yicha musobaqada qatnashadi
kamila valiyeva figurali uchish bo‘yicha musobaqada qatnashadi
Bugun Valiyeva figurali uchish bo‘yicha musobaqada qatnashadi
13:55 15.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Bugun Pekinda figurali uchish bo‘yicha musobaqa boshlanadi.
Bugun Pekinda figurali uchish bo‘yicha musobaqa boshlanadi: Kamila Valiyeva bilan bog‘liq doping-mojarodan so‘ng bu Olimpiya o‘yinlarining eng kulminatsion nuqtasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sport arbitraj sudi XOQ, ISU va WADA apellyatsiyalarini rad etib, Valiyevaga Olimpiadada ishtirok etishga ruxsat berdi. XOQ bu qarorni afsuslik bildirib tan oldi: Biroq u bunga chidash niyatida emasligini aks etuvchi qarorlarni qabul qildi.
Valiyeva qisqa dastur natijalariga ko‘ra kuchli 24talikka kirsa, u erkin dastur bo‘yicha 25-o‘rindan qatnashiga ruxsat beriladi. XOQ buni “adolatlilik sabablari” bilan izohladi.
Bundan tashqari, agar Valiyeva medal qo‘lga kiritsa, taqdirlash marosimi o‘tkazilmaydi.
Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Valiyeva hozir dunyodagi eng kuchli figurali uchuvchi, biroq asosiy savol u 15 yoshli qiz katta psixologik bosimni yengib, musobaqada eng yaxshi konkida uchishni ko‘rsata oladimi?
Valiyevadan tashqari rossiyalik Anna Sherbakova va Aleksandra Trusova, yaponiyalik Kaori Sakamoto, amerikalik Alisa Liu oltin uchun bellashadi.
Xalqaro doping-test agentligi (ITA) avvalroq Pekin Olimpiadasining jamoaviy bahslarida chempion bo‘lgan Valiyevada 2021-yil 25-dekabr kuniolingan doping-testi ijobiy chiqqani, unda trimetazidin moddasi aniqlangani haqida xabar bergandi. Test natijasini 8-fevral kuni Stokgolmdagi antidoping laboratoriyasi e’lon qildi. Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) Valiyevaga vaqtinchalik musobaqadan chetlatdi, 9-fevral kuni apellyatsiyasidan so‘ng nisbatan vaqtinchalik chetlashtirish bekor qilindi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Butunjahon antidoping agentligi (WADA) va Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) Sport arbitraj sudiga protest bildirishdi, ish yakshanba kuni kechqurun ko‘rib chiqildi.
Dushanba kuni CAS XOQ, ISU va WADA apellyatsiyalari rad etilganini e’lon qildi va Valiyevaga Olimpiadada qatnashishiga ruxsat berishga qaror qildi. CAS o‘z qarorini qabul qilishda sportchining ijobiy doping testi to‘g‘risida kech xabar bergani, Valiyevaning 16 yoshga to‘lmagani uchun "himoyadagi shaxs" maqomini hisobga olganini ma’lum qildi.
CAS qarorida ta’kidlanishicha, Valiyevaga doping-test ijobiy chiqqani uchun intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi, ammo bu holatda konkida uchuvchini O‘yinlarning yakkalik bahslarga qo‘ymaslik unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, CAS komissiya rossiyalik ayol ishi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy turnir bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqmaganini bildirdi.