XTV: maktablardagi tungi tadbirlarga o‘qituvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi

© Foto : graduateUchenitsa starshix klassov na uroke. Illyustrativnoe foto
Uchenitsa starshix klassov na uroke. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi maktablarda tunga qadar tadbirlar o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Maktablardagi kechki tadbirlarga pedagog xodimlar va o‘quvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi. Xalq ta’limi vazirligi (XTV) bu borada eslatish bilan chiqdi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda ayrim hududlarda o‘qituvchilarni maktab muassasalarida dars jarayonidan tashqari kechki vaqtlarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etilayotgani haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Vazirlik maktablarda o‘qish jarayonidan tashqari vaqtlarda o‘tkazilayotgan tadbirlar uyushmagan va ta’lim bilan band bo‘lmagan (18−30 yosh) yoshlarga mo‘ljallangani, ularni tashkil etishga Yoshlar ishlari agentligi, xususan mahallalardagi yoshlar yetakchilari mas’ul etib belgilanganini eslatgan.
XTVga maktab infratuzilmasidan (kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali) oqilona foydalanish hamda maktablarni mahalla uchun “ma’naviyat maskani”ga aylanishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Xalq ta’limi vazirligi barcha hududiy boshqarmalarga ushbu tadbirlarga maktab ma’muriyati, pedagog xodimlar va maktab o‘quvchilarini majburan jalb etilishi qat’iyan taqiqlanganini ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.
Talablarni buzgan Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli javobgarlikka tortilishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0