Tolibon* Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaraga o‘z armiyasini jo‘natishini ma’lum qildi

© AFP 2023 / JAVED TANVEERAfganskie talibi
Afganskie talibi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Tolibon* Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaraga qo‘shinlarning katta guruhini jo‘natishini ma’lum qildi.
Tolibon* Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaraga qo‘shinlarning katta guruhini yuboradi. Bu haqda toliblarning bosh shtabi rahbari Qori Fasihuddin Fitrat ma’lum qildi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
“Mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlariga joylashtirilgan NATO va AQShning eng zamonaviy texnologiyalari bilan qurollangan 10 ming kishilik qudratli armiya har qanday qurolli harakatga qarshi chora ko‘radi, — deb yozgan u Twitter sahifasida.
Tolibon* vakili aynan qaysi viloyatni nazarda tutgani tushunarsiz, Afg‘oniston shimolda O‘zbekiston bilan Balx, shimoliy-sharqda esa Tojikiston bilan 3ta viloyat: Qunduz, Taxor va Badaxshon bilan chegaradosh.
Avvalroq KXShT Birlashgan shtabi rahbari Anatoliy Sidorov Afg‘onistonning shimoliy chegaralarida 40taga yaqin o‘quv lager faoliyat yuritayotgani, u yerda turli terrorchi guruhlarning 5 mingdan ortiq jangari joylashganini ma’lum qilgandi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu britaniyalik hamkasbi Ben Uolles bilan suhbatda Afg‘oniston shimolidagi terrorchilar soni haqida gapirdi. Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari mintaqadagi “Islom davlati”** terrorchilari soni 2 barobarga oshganini aytdi.
Shoygu G‘arb koalitsiyasi qo‘shinlari qoldirib ketgan qurollardan terrorchilar tomonidan foydalanilganidan xavotirlik bildirdi, qurollarning taxminiy narxini 80 mlrd $ga baholanadi.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
* IShID, ID – “Islom davlat” tashkiloti Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining 2014-yil 29-dekabrdagi qarori bilan terrorchi tashkilot deb tan olingan.
Yangiliklar lentasi
0