"MISiS"ning Olmaliq filiali: ilg‘or talabalarga hokim stipendiyasi beriladi
© Foto: press-slujba filiala MISiSIspolnyayushiy obazannosti xokima Tashkentskoy oblasti Zoyir Mirzayev vstretilsya so studentami Almalikskogo filiala "Natsionalniy issledovatelskiy texnologicheskiy universitet "MISiS".
© Foto: press-slujba filiala MISiS
Obuna bo‘lish
"MISiS"ning Olmaliq filialida o‘qiyotgan ilg‘or talabalar uchun 3 xil stipendiya joriy qilinadi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi "Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS"ning Olmaliq shahridagi filialida talabalar bilan uchrashdi.
© Foto: press-slujba filiala MISiSIspolnyayushiy obazannosti xokima Tashkentskoy oblasti Zoyir Mirzayev vstretilsya so studentami Almalikskogo filiala "Natsionalniy issledovatelskiy texnologicheskiy universitet "MISiS".
Ispolnyayushiy obazannosti xokima Tashkentskoy oblasti Zoyir Mirzayev vstretilsya so studentami Almalikskogo filiala "Natsionalniy issledovatelskiy texnologicheskiy universitet "MISiS".
© Foto: press-slujba filiala MISiS
Zoyir Mirzayev ilmiy-tadqiqot va o‘quv-tajriba xonalarini ko‘zdan kechirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlashdi. Ayniqsa, filial huzurida tashkil etilgan “Gis-geomiks” ilmiy-o‘quv va muhandislik markazida olib borilayotgan tadqiqot ishlariga alohida qiziqish bildirildi.
Hozirgi kunda Filial professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika kon-metallurgiya sanoati korxonalari muammolari yuzasidan jami 810 million so‘mlik xo‘jalik shartnomalari imzolangan va Innovatsion rivojlanish vazirligi e’lon qilgan amaliy mavzu bo‘yicha 1 milliard 288 million so‘mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda.
© Foto: press-slujba filiala MISiSIspolnyayushiy obazannosti xokima Tashkentskoy oblasti Zoyir Mirzayev vstretilsya so studentami Almalikskogo filiala "Natsionalniy issledovatelskiy texnologicheskiy universitet "MISiS".
Ispolnyayushiy obazannosti xokima Tashkentskoy oblasti Zoyir Mirzayev vstretilsya so studentami Almalikskogo filiala "Natsionalniy issledovatelskiy texnologicheskiy universitet "MISiS".
© Foto: press-slujba filiala MISiS
Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
“Eng izlanuvchan va intiluvchan yoshlarimiz dunyoning eng ilg‘or tajribalarini borib o‘zlashtirsin, – dedi Zoyir Mirzayev. – Bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini o‘zimizda tatbiq etsin. Shu bilan birga, yoshlar milliyligimiz va ma’naviyatimizni unutmasligi kerak. Mana shunday yoshlar uchun "Viloyat hokimi stipendiyasi"ni joriy etamiz”.
Shuningdek, suhbat mobaynida innovatsion g‘oyalar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi va texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha OKMK AJning stipendiyalari berilishi bo‘yicha dastur tayyorlanadigan bo‘ldi.