Mirziyoyev import avtomobillari uchun boj stavkalarini pasaytirish haqida topshiriq berdi

CC0 / Unsplash / Zakaria Zayane / Fara avtomobilya. Illyustrativnoe foto
Fara avtomobilya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berdi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Mirziyoyev import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda oshib borayotgan ichki talabni qondirish maqsadida birinchi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil ishlab chiqarish lozimligi ta’kidlandi. Yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil ishlab chiqarish uchun zarur butlovchi qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha nazorat o‘rnatish topshirildi.
"Shu bilan birga, aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oshirish bo‘yicha amaliy natijalarni hozir kutmoqda", dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berildi.
Soha rahbarlariga 2022-yilda:
- tannarxni kamida 5 foizga kamaytirish, 100 million dollarlik import o‘rnini bosish;
- 23 loyiha doirasida 600 turdagi butlovchi qismlarni o‘zlashtirib, mahalliylashtirishni 48 foizdan 56 foizga oshirish;
- 336 million dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirib, 3 ta loyihani (“Tracker”, “Onix” va yangi dvigatellar ishlab chiqarish) ishga tushirish lozimligi ko‘rsatildi.
Yangiliklar lentasi
0