Berdimuhamedovning o‘g‘li prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashadi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tish Serdar Berdimuxamedov
 Serdar Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Serdar Berdimuhamedov nomzodi “Turkmaniston Demokratik partiyasi” tomonidan ilgari surildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov nomzodi “Turkmaniston Demokratik partiyasi” tomonidan ilgari surildi.
Turkmanistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 12-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Turkmanistonda dushanba kunidan boshlab prezident saylovi kampaniyasi boshlandi.
Mamlakat siyosiy partiyalari o‘z quriltoylarida nomzodlarini ilgari surishadi. Turkmanistonda uchta siyosiy partiya mavjud: Turkmaniston demokratik partiyasi, Turkmaniston agrar partiyasi va Turkmaniston sanoatchilari va tadbirkorlari partiyasi.
Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 15-yil Turkmaniston hududida muqim yashayotgan mamlakat fuqarosi Turkmaniston prezidenti etib saylanishi mumkin. Turkmaniston prezidenti bevosita xalq tomonidan 7-yilga saylanadi.
Turkmanistonda so‘nggi bor prezident saylovi 2017-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Navbatdagi 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hokimiyatni yosh rahbarlarga topshirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.
Keyinroq Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi raisi yordamchisi mamlakat prezidenti topshirig‘iga asosan 12-mart kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezident sayloviga tayyorgarlik boshlanganini xabar qildi.
Yangiliklar lentasi
0