Andijonda o‘qituvchilarning uzr so‘rashga majburlanishi: amaldorlarga qanday chora ko‘rildi

© Foto: Kun.uzV Andijane uchiteley zastavili izvinitsya pered roditelyami svoix uchenikov
V Andijane uchiteley zastavili izvinitsya pered roditelyami svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Marhamat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bundan tashqari, maktab direktori va tuman xalq ta’limi mudiri ishdan olindi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 72-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidagi o‘qituvchilarning uzr so‘rashga majburlanishi voqeasi ortidan qator amaldorlarga chora ko‘rildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning 72-son maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazgan bevosita suhbat natijalariga ko‘ra, maktab direktori va Marhamat tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirini vazifasidan ozod etish bo‘yicha xulosaga kelingan.
Shuningdek, bugun Andijon viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan “Hokimlik soati” yig‘ilishida Marhamat tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muxtor Qurbonov lavozimidan ozod qilindi. Tuman hokimi Bobur Yo‘ldoshevga esa hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, 8-fevral kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktabda o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qoniqarsizligi sabab ota-onalardan uzr so‘ragani aytilgan xabar tarqalgan edi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov buni davlat siyosatiga qarshi harakat deb baholadi. Keyinchalik Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘qituvchilardan uzr so‘rab chiqdi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i uzrbozlikda tuman hokimini aybladi.

Mavzuga oid:

Andijonda o‘qituvchilarning ota-onalardan uzr so‘rashi: voqeaga qanday munosabat bildirilmoqda
Vazir uzr so‘rashga majburlangan andijonlik o‘qituvchilar bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0