https://oz.sputniknews.uz/20220213/prezident-eng-kop-qoida-buzgan-haydovchilarni-nomma-nom-sanadi--video-22704326.html
Prezident eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarni nomma-nom sanadi – video
Prezident eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarni nomma-nom sanadi – video
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida o‘tgan yili eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarning ba’zilarini nomma-nom sanab o‘tdi.
2022-02-13T11:14+0500
2022-02-13T11:14+0500
2022-02-13T11:30+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
qoidabuzarlik
yth
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0d/22704242_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_5d3c454b254f8f6af554c213b99264a4.jpg
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida o‘tgan yili eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarning ba’zilarini nomma-nom sanab o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.“Bunday qo‘pol qoidabuzarliklarga jazo muqarrar ekanini ta’minlash vaqti kelmadimikan?”, – deya savol bilan yuzlandi davlat rahbari mutasaddilarga.Mamlakatda 2021-yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlangan. 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan, 263 nafar bola halok bo‘lgan. O‘lim bilan bog‘liq avariyalar Toshkent viloyatida har 100 ming aholiga 21 ta, Jizzaxda – 16 ta, Sirdaryoda – 15 ta, Navoiy va Samarqandda – 14 tadan, Qashqadaryo va Namanganda– 13 tani tashkil etib, boshqa hududlardan ancha yuqori.YTHlarning oldini olish uchun bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi. Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa – 3 ball hisoblanadi. Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.Mirziyoyev: Toshkentda harakatlanish tezligi 60 km/soatgacha pasaytiriladiBundan tashqari, avtomobilni tartibsiz boshqarib, boshqa haydovchilarga xalaqit qilganlik uchun alohida yo‘l bezoriligi degan yangi javobgarlik turi kiritiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0d/22704242_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_df05dd34ddfd5af83827101cddbe6bcf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident shavkat mirziyoyev eng ko‘p qoida buzgan haydovchilar nomi kim eng ko‘p qoida buzgan
prezident shavkat mirziyoyev eng ko‘p qoida buzgan haydovchilar nomi kim eng ko‘p qoida buzgan
Prezident eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarni nomma-nom sanadi – video
11:14 13.02.2022 (yangilandi: 11:30 13.02.2022) Shavkat Mirziyoyev: bunday qo‘pol qoidabuzarliklarga jazo muqarrar ekanini ta’minlash vaqti kelmadimikan?
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida o‘tgan yili eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarning ba’zilarini nomma-nom sanab o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
“Yunusobod tumanidagi 17-mavzeda yashovchi haydovchi Ro‘zmetov 2021-yilning o‘zida 133 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan. Unga qonun yo‘q. Maza qilib yuribdi. Yuqori Chirchiq tumani Yassaviy mahallasida yashovchi Raimov 2021-yil 11 oyida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, oxir-oqibat jiddiy avariya sodir etgan”, - dedi Mirziyoyev.
“Bunday qo‘pol qoidabuzarliklarga jazo muqarrar ekanini ta’minlash vaqti kelmadimikan?”, – deya savol bilan yuzlandi davlat rahbari mutasaddilarga.
Mamlakatda 2021-yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq fuqaro
jarohatlangan. 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan, 263 nafar bola halok bo‘lgan. O‘lim bilan bog‘liq avariyalar Toshkent viloyatida har 100 ming aholiga 21 ta, Jizzaxda – 16 ta, Sirdaryoda – 15 ta, Navoiy va Samarqandda – 14 tadan, Qashqadaryo va Namanganda– 13 tani tashkil etib, boshqa hududlardan ancha yuqori.
YTHlarning oldini olish uchun bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi. Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa – 3 ball hisoblanadi. Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Bundan tashqari, avtomobilni tartibsiz boshqarib, boshqa haydovchilarga xalaqit qilganlik uchun alohida yo‘l bezoriligi degan yangi javobgarlik turi kiritiladi.