https://oz.sputniknews.uz/20220213/kreml-putin-va-bayden-suhbati-tafsilotlarini-ochiqladi-22706675.html
Kreml Putin va Bayden suhbati tafsilotlarini ochiqladi
Kreml Putin va Bayden suhbati tafsilotlarini ochiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden telefon orqali soatdan ziyod suhbatlashishdi. Suhbat tafsilotlarini Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
2022-02-13T13:31+0500
2022-02-13T13:31+0500
2022-02-13T13:31+0500
rossiya
vladimir putin
jo bayden
ukraina
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0d/22706647_0:164:3347:2047_1920x0_80_0_0_3bb7bfafd6e39a34887480f8d32d321f.jpg
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden telefon orqali soatdan ziyod suhbatlashishdi. Suhbat tafsilotlarini Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.“Suhbat amerikalik rasmiylar tomonidan go‘yoki Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi muqarrarligi haqida xabarlarni ko‘pirtirishayotgani vaqtda bo‘lib o‘tdi”, - deydi Ushakov.Uning so‘zlariga ko‘ra, “vasvasa eng yuqoriga nuqtasiga yetib bergan”.Ushakov amerikaliklar sun’iy ravishda vaziyatni keskinlashtirishmoqda, “bostirish kirish” sanasini aytishmoqda va shu bilan birga ittifoqchilari bilan birgalikda “Ukrainaning harbiy mushaklarini” shishirishmoqda. Bostirish kirish haqidagi xabarlar Ukraina Qurolli kuchlarining ehtimoliy ig‘voli xatti-harakatlari uchun zamin yaratmoqda.“Biz bu vaziyatni shunday baholaymiz”, - dedi Rossiya prezidenti yordamchisi.Amaldor Amerika yetakchisi Bayden kutilganidek Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashishi Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanksiyalar qo‘llanishiga sabab bo‘lishini eslatgani ta’kidlagan.Putin hamkasbiga Rossiya va AQSh butun dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaridan keladigan barcha ishni qilishlari kerakligini aytgan.Shuningdek, Rossiya yetakchisi G‘arb Ukrainani Minsk kelishuvlarini bajarishga undashga harakat qilmayotganini bildirgan.Moskva Ukraina atrofidagi hozirgi vaziyatda yomon ssenariyga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘ldan kelgan hamma ishni qilishga chaqiradi, deya xulosa qilgan Ushakov.Ukrainadagi vaziyatPutin va Baydenning suhbati g‘arb siyosatchilari va jurnalistlarining xayoliy Moskvaning Ukrainadagi vaziyatga oid rejalari haqidagi muntazam bayonotlari ortidan bo‘lib o‘tdi.“Politico” gazetasi o‘zining “xabardor manbalariga” tayangan holda AQSh prezidenti Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari va NATO rahbari bilan bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirish” sanasi 16-fevral kuni deb aytgani haqida yozdi.Bu bahona bilan NATO Rossiya chegaralari yaqinida harbiylari sonini ko‘paytirmoqda. Kuni kecha AQSh Polshaga qo‘shimcha ravishda uch ming harbiy xizmachi va Yevropaga uchta esmines yuborganini ma’lum bo‘ldi.Rossiya unga qo‘yilayotgan uydirma ayblovlarni rad etmoqda va Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotganini eslatmoqda: Ukraina hukumati Donbassdagi chegara hududi bo‘ylab armiyasi shaxsiy tarkibining yarmini to‘pladi va ko‘ngillilarni taqiqlangan qurol bilan otmoqda.Kreml va Rossiya TIV “tajovuz haqidagi” axborot hujumining maqsadi Rossiya chegaralari yaqinida chet el qo‘shinlari sonini oshirish ekanini bir necha marta takrorlagan. AQSh va NATO Ukrainani qurol-yaroq bilan ta’minlab, uni harbiy harakatlarga undamoqda va bu o‘z navbatida vaziyat keskinlashishining asosiy sababi.Mavzuga oid:
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0d/22706647_334:0:3063:2047_1920x0_80_0_0_bc55dcdbd3fb86b4208e69558419c74f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin jo bayden suhbat muzokaralar ukrainadagi vaziyat nato
vladimir putin jo bayden suhbat muzokaralar ukrainadagi vaziyat nato
Kreml Putin va Bayden suhbati tafsilotlarini ochiqladi
Rossiya va Amerika prezidentlarining navbatdagi suhbati Ukraina atrofidagi yolg‘on xabarlar bolalayotgan paytda bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden telefon orqali soatdan ziyod suhbatlashishdi. Suhbat tafsilotlarini Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
“Suhbat amerikalik rasmiylar tomonidan go‘yoki Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi muqarrarligi haqida xabarlarni ko‘pirtirishayotgani vaqtda bo‘lib o‘tdi”, - deydi Ushakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “vasvasa eng yuqoriga nuqtasiga yetib bergan”.
Ushakov amerikaliklar sun’iy ravishda vaziyatni keskinlashtirishmoqda, “bostirish kirish” sanasini aytishmoqda va shu bilan birga ittifoqchilari bilan birgalikda “Ukrainaning harbiy mushaklarini” shishirishmoqda. Bostirish kirish haqidagi xabarlar Ukraina Qurolli kuchlarining ehtimoliy ig‘voli xatti-harakatlari uchun zamin yaratmoqda.
“Biz bu vaziyatni shunday baholaymiz”, - dedi Rossiya prezidenti yordamchisi.
Amaldor Amerika yetakchisi Bayden kutilganidek Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashishi Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanksiyalar qo‘llanishiga sabab bo‘lishini eslatgani ta’kidlagan.
Putin hamkasbiga Rossiya va AQSh butun dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaridan keladigan barcha ishni qilishlari kerakligini aytgan.
Shuningdek, Rossiya yetakchisi G‘arb Ukrainani Minsk kelishuvlarini bajarishga undashga harakat qilmayotganini bildirgan.
Moskva Ukraina atrofidagi hozirgi vaziyatda yomon ssenariyga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘ldan kelgan hamma ishni qilishga chaqiradi, deya
xulosa qilgan Ushakov.
Putin va Baydenning suhbati g‘arb siyosatchilari va jurnalistlarining xayoliy Moskvaning Ukrainadagi vaziyatga oid rejalari haqidagi muntazam bayonotlari ortidan bo‘lib o‘tdi.
“Politico” gazetasi o‘zining “xabardor manbalariga” tayangan holda AQSh prezidenti Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari va NATO rahbari bilan bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirish” sanasi 16-fevral kuni deb aytgani haqida yozdi.
Bu bahona bilan NATO Rossiya chegaralari yaqinida harbiylari sonini ko‘paytirmoqda. Kuni kecha AQSh Polshaga qo‘shimcha ravishda uch ming harbiy xizmachi va Yevropaga uchta esmines yuborganini ma’lum bo‘ldi.
Rossiya unga qo‘yilayotgan uydirma ayblovlarni rad etmoqda va Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotganini eslatmoqda: Ukraina hukumati Donbassdagi chegara hududi bo‘ylab armiyasi shaxsiy tarkibining yarmini to‘pladi va ko‘ngillilarni taqiqlangan qurol bilan otmoqda.
Kreml va Rossiya TIV “tajovuz haqidagi” axborot hujumining maqsadi Rossiya chegaralari yaqinida chet el qo‘shinlari sonini oshirish ekanini bir necha marta takrorlagan. AQSh va NATO Ukrainani qurol-yaroq bilan ta’minlab, uni harbiy harakatlarga undamoqda va bu o‘z navbatida vaziyat keskinlashishining asosiy sababi.