O‘zbekiston Rossiyaga ilk bor baliq eksport qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRadujnaya forel na prilavke vo vremya festivalya "Ribnaya nedelya" v Moskve.
Radujnaya forel na prilavke vo vremya festivalya Ribnaya nedelya v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ilk bor Rossiyaga forel balig‘i eksportini yo‘lga qo‘ydi. Batafsil maqolamizda o‘qing.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘tgan haftada O‘zbekiston korxonalaridan biri Rossiyaning Novosibirsk shahriga forel balig‘ining ilk partiyasini eksport qildi. Bu haqida Rosselxoznadzor matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“O‘zbekistonning attestatsiyadan o‘tgan korxonalaridan biri Rossiyaning Novosibirsk shahriga avtomobil transporti bilan 20 tonna muzlatilgan forel balig‘i yubordi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu tovarni yetkazib berish, qonunda belgilangan barcha talablarga rioya qilingan holda, Rossiya bojxona hamda veterinar-sanitar organlari nazorati ostida bo‘lib o‘tdi, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini hamda baliqchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2022-yilda baliq yetishtirish hajmini 600 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0