AQShning yirik nashri Kamila Valiyevani himoya qilib chiqdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2022. Figurnoe katanie. Jenshini. Trenirovki
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Jenshini. Trenirovki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2022
Obuna bo‘lish
Amerikalik jurnalist WADAning rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyevaga qo‘yayotgan ayblovlarini mutlaq asossiz deb atab, tizimning o‘zini siyosiylashishda aybladi.
TOShKENT, 12 fev - Sputnik. AQShning nufuzli nashriyotlaridan biri Washington Post Kamila Valiyevani yoqlovchi maqola chop etdi.
"Kamila Valiyeva ishi - bu sportchi emas antidiping tizimiga qarshi ayblov" deb nomlangan maqolada jurnalist Salli Jenkins so‘nggi kunlarda Pekinda sodir bo‘layotgan voqeaga umumjahon antidoping tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tgan.

"Valiyeva tahdilidan topilgan juda kam miqdordagi "trimetazidin" moddasi sportchiga biror bir ustuvorlik bergani, yoki sportchi uni ataylab qabul qilgani haqida hech qanday dalil yo‘q, lekin Valiyeva hozir o‘z davrining eng yuksak figurali uchuvchisi ekanligi - bu isbotlangan fakt. Uning ilohomlangan artistik chiqishlarini hech bir preparat bilan izohlab bo‘lmaydi", - deyilgan maqolada.

Rossiyalik figurali uchuvchining aybi yo‘q, uni jazolash - faqatgina umumjahon doping tizimning siyosatlashganini namoyish qilgan bo‘lardi.
"Valiyeva 25-dekabr kuni WADning Stokholmdagi laboratoriyasiga test topshirgan bo‘lsa, tahlil 10 kunda tayyor bo‘lishi kerak edi. Lekin negadir bu ikki oy vaqt oldi. Faqatgina Valiyeva Olimpiada dasturini namoyish qilganidan so‘ng - uning natijasi ma’lum bo‘ldi. Bu WADAning mas’ulistsizligi yoki siyosatlashgani natijasi. Sportchilar bu borada yillar mobaynida arz qilib kelmoqda", - deb yozadi jurnalist.
"Axir Valiyeva undan oldin ham undan keyin ham ko‘plab testlar topshirgan va ularning barchasi toza. Jumladan Pekinda topshirilgan test ham. Hammasi tushunarli - test tizim o‘zini o‘zi sharmanda qildi, Valiyevani jazolash uchun birorta ham sabab yo‘q".
Lekin shunga qaramasdan Rossiyaga qarshi bo‘lganlar buni ulkan jinoyat deb e’lon qilib Rossiyani jazolashni talab qilishmoqda. Ular vaziyatga aql bilan qarab to‘g‘ri qaror qabul qilishga qodir emas, deyilgan maqolada.
Yangiliklar lentasi
0