Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qaysi vaqtda ertalabki badantarbiya xavfli

© Sputnik / Vitaliy BelousovZanyatie lyudey starshego vozrasta v fitnes-sentre
Zanyatie lyudey starshego vozrasta v fitnes-sentre - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2022
Obuna bo‘lish
Muvozanatlashtirilgan oziq-ovqat tizimi va ertalabki badantarbiya - uzoq umr garovi. Biroq har doim ham shundaymi? Shunday vaqtlar bo‘ladiki, ertalabki mashqlar foydadan ko‘ra zarar keltiradi. Kimlarga ertalab badantarbiya qilish mumkin emas? Mutaxassis javob beradi.
Jismoniy faollikdagi cheklovlar organizmning jismoniy holatiga bog‘liq. Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha mutaxassis, nutritsiolog Anastasiya Aleksandrova RIA Novostiga to‘g‘ri badantarbiya qilish bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Nutritsiologning so‘zlariga ko‘ra, badantarbiya qilmaslik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklovlar yo‘q. Biroq e’tiborga molik bir qancha omillar borki, ular borasida shifokor bilan maslahatlashish zarur.
“Har qanday jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin tana haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq shamollash, yallig‘lanish, qon ketishi, qon bosimi, jigar kasalliklari va o‘simtalar bor yo‘qligiga e’tibor berish zarur. Bundan tashqari, ba’zi mashqlarni bajarish umuman mumkin emas”, - deydi shifokor.
Yurak, bo‘g‘imlar va bel og‘rig‘i bilan muammolari bor bemorlar shifokor bilan maslahatlashgan holda maxsus mashqlar kompleksini tuzib chiqishi kerak.
Lesgaft nomidagi profilaktik tibbiyot universiteti kafedra boshlig‘i Roza Sallagovaning so‘zlariga ko‘ra, uyqudan turgandan darhol badantarbiya qilish salomatlik uchun zararli.
“Uyqudan turiboq, darhol mashq bajarish, aytaylik, yugurishga chiqish salomatlik uchun zararli. Bu holda odam hushini yo‘qotishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, organizmning keskin uyg‘onishi yaxshi emas”,- deya ta’kidlaydi Sallaganova.
Professor tongni uzanish harakatlaridan boshlashni tavsiya qiladi. Bu organizmni uyg‘otishning foydali va yoqimli usullaridan biri.
Bundan tashqari, badantarbiya qilishdan oldin dush qabul qilish va bir stakan suv ichish ham yaxshi odat.
Badantarbiya qilishda tez-tez yo‘l qo‘yiladigan xatolar:
bir xil mashqlar organizmni zeriktiradi;
havo yaxshi aylanmaydigan xonada mashq qilish organizmga quvvat bermaydi;
noqulay kiyim erkin harakat qilishga xalaqit beradi;
haddan tashqari intensiv mashqlar va og‘ir jismoniy yuklamalar charchashga va bo‘g‘imlarda og‘riqqa sabab bo‘ladi;
mashq bajarishdan oldin organizmni, ya’ni bo‘g‘im va mushaklarni qizitish mashqlarini bajarmaslik oqibatida jarohatlar olish mumkin.
Ertalabki mashqlarni havo yaxshi aylanadigan xonada yoki ko‘chada qilgan ma’qul. Shuningdek, mashq uchun qulay kiyimlardan foydalanish ham muhim.
Yangiliklar lentasi
0