https://oz.sputniknews.uz/20220211/oshqovoq-ayollar-va-erkaklarga-nimasi-bilan-foydali-22686822.html
Oshqovoq ayollar va erkaklarga nimasi bilan foydali
Oshqovoq ayollar va erkaklarga nimasi bilan foydali
Sputnik O‘zbekiston
Oshqovoq tarkibi ozuqaviy tolalarga boy, unda A, S, E, K, T va V guruhi vitaminlari bor. Yana ushbu sabzavotda kaliy, kalsiy, fosfor va temir moddalari ham mavjud.
2022-02-11T22:29+0500
2022-02-11T22:29+0500
2022-02-11T22:29+0500
bu qiziq
foydali
foydali mahsulotlar
shifokorlar tavsiyasi
shifokor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/18/20638871_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_b2846f1bbaff9f24f2817f09956b9e28.jpg
Oshqovoqning ko‘plab foydali jihatlari ma’lum. Birinchidan, oshqovoq eng yaxshi parhezbop mahsulot. Tarkibidagi ozuqaviy tolalarga boyligi sabab organizmdan zararli shlaklarni chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, unda A, S, E, K, T va V guruhi vitaminlari bor. Yana ushbu ajoyib sabzavotda kaliy, kalsiy, fosfor va temir moddalari mavjud.Tibbiyot fanlari doktori, parhezshunos Mixail Ginzburg RIA Novostiga qovoqni qish faslida iste’mol qilishning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berdi.Gap shundaki, qovoq tarkibida shamollashga qarshi askorbin kislotasi bor. Shu sabab qovoq preparat tayyorlashda ham ishlatiladi. Qish faslida insonda charchoq hissi oshadi, stressga ta’sirchanlik kuchayadi. Ushbu sabzavot tarkibidagi V guruhi vitaminlari charchoq va uyqusizlikda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun uyqudan oldin bir stakan qovoq sharbatini iste’mol qilish ham foydali.“Qovoq sharbati va pistasi erkaklar salomatligi uchun ham foydali jihatlarga ega. Bundan tashqari, ayollar organizmiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qovoq homilador ayollarning har kunlik ratsionida bo‘lishi lozim. Chunki u toksikozni yengil o‘tkazishda yordam beradi”, - deydi mutaxassis.Xususan, oshqovoq qishda terini yaxshi holatda saqlashda ko‘mak beradi. Tarkibidagi faol A va E vitaminlari tufayli kosmetologiyada, teri qarishini oldini olishda keng qo‘llaniladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/18/20638871_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_44d8ba5d1d878402ed7402d928d26d07.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oshqovoq foyda shifokor mahsulot ozuqaviy tolala a s e k t v vitaminlar kaliy kalsiy fosfor temir moddalari
oshqovoq foyda shifokor mahsulot ozuqaviy tolala a s e k t v vitaminlar kaliy kalsiy fosfor temir moddalari
Oshqovoq ayollar va erkaklarga nimasi bilan foydali
Oshqovoqning foydali xususiyatlari tufayli undan hatto tibbiyotda shamollash kasalliklarini davolovchi preparatlar tayyorlanadi.
Oshqovoqning ko‘plab foydali jihatlari ma’lum. Birinchidan, oshqovoq eng yaxshi parhezbop mahsulot. Tarkibidagi ozuqaviy tolalarga boyligi sabab organizmdan zararli shlaklarni chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, unda A, S, E, K, T va V guruhi vitaminlari bor. Yana ushbu ajoyib sabzavotda kaliy, kalsiy, fosfor va temir moddalari mavjud.
Tibbiyot fanlari doktori, parhezshunos Mixail Ginzburg RIA Novostiga qovoqni qish faslida iste’mol qilishning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berdi.
“Qovoqda shamollash va gripp mavsumida zarur bo‘lgan minerallar ko‘p”, deydi Ginzburg.
Gap shundaki, qovoq tarkibida shamollashga qarshi askorbin kislotasi bor. Shu sabab qovoq preparat tayyorlashda ham ishlatiladi. Qish faslida insonda charchoq hissi oshadi, stressga ta’sirchanlik kuchayadi. Ushbu sabzavot tarkibidagi V guruhi vitaminlari charchoq va uyqusizlikda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun uyqudan oldin bir stakan qovoq sharbatini iste’mol qilish ham foydali.
“Qovoq sharbati va pistasi erkaklar salomatligi uchun ham foydali jihatlarga ega. Bundan tashqari, ayollar organizmiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qovoq homilador ayollarning har kunlik ratsionida bo‘lishi lozim. Chunki u toksikozni yengil o‘tkazishda yordam beradi”, - deydi mutaxassis.
Xususan, oshqovoq qishda terini yaxshi holatda saqlashda ko‘mak beradi. Tarkibidagi faol A va E vitaminlari tufayli kosmetologiyada, teri qarishini oldini olishda keng qo‘llaniladi.