https://oz.sputniknews.uz/20220211/nanotexnologiya-va-dronlar-ozbekiston-va-rossiya-qanday-startaplarni-rivojlantirmoqda-22681198.html
Nanotexnologiya va dronlar: O‘zbekiston va Rossiya qanday startaplarni rivojlantirmoqda?
Nanotexnologiya va dronlar: O‘zbekiston va Rossiya qanday startaplarni rivojlantirmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Innovatsion rivojlanish vazirligi Fan va innovatsiyalar bo‘yicha 2017-2021 yillar faoliyati yakunlari bo‘yicha Milliy hisobotni taqdim etdi.
2022-02-11T16:02+0500
2022-02-11T16:02+0500
2022-02-11T16:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/02/21621884_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_bad397cf0a63c98d0c49044368d512fa.jpg
Innovatsion rivojlanish vazirligi Fan va innovatsiyalar bo‘yicha 2017-2021 yillar faoliyati yakunlari bo‘yicha Milliy hisobotni taqdim etdi. Hujjat bandlaridan biri startap sohasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikdir.Minglab ish o‘rinlari"Startap" atamasi jahon iqtisodiyotida 1976-yilda paydo bo‘lgan. Bu ma’lum bir g‘oyaga asoslangan va rivojlantirish uchun mablag‘ talab qiladigan tijorat loyihasini anglatadi. Bugungi kunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi 139 ta startap loyihalarini moliyalashtirgan. Bular sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, transport energetikasi, qurilish, oziq-ovqat sohasidagi loyihalardir.Vazirlikning ta’kidlashicha, startaplarga yoshlar alohida qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 50% biznes g‘oyalar yosh tadbirkorlar tomonidan taklif qilingan."Barcha startaplarning umumiy qiymati 91,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Natijada 1100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi", - deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ilhomov Sputnik muxbiriga.Sog‘liqni saqlashtizimini rivojlantirib139 ta startaplar orasida o‘zbekistonlik yosh olimlarning rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda ishlab chiqayotgan bir qancha loyihalari ham bor. Masalan, Innovatsion rivojlanish vazirligi Rossiya innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlar birgalikda ikkita xalqaro tanlov o‘tkazgan. Natijada to‘rtta startapga umumiy qiymati qariyb 4 milliard so‘m ajratilgan.Startaplarning ikkitasi sog‘liqni saqlash, uchinchisi axborot texnologiyalari, to‘rtinchisi esa kimyo texnologiyalari sohalariga oid.Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq biznes g‘oyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, bitta loyiha Rossiyaning “Gammatex” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Ushbu kompaniya radiofarmatsevtik uskunalarni yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Uskunalar shifokorlarga har xil o‘simtalar xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi.O‘zbekiston startapi Germaniya-68 (Ge-68) kimoviy elementini ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Ushbu elementga butun dunyoda hozir ishlab chiqarilayotganiga qaraganda ikki baravar talab yuqori. Gap shundaki, bu moddadan pozitron emissiya tomografiyasi (PET) yordamida onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi.“Hozirda loyiha mualliflari Germaniya-68 ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish ustida ishlamoqda. 2023-yilga borib loyiha o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.Dronlar yordam beradiYana bir qiziqarli startap - bu mobil monitoring kompleksi bo‘lib, dronlar va GIS texnologiyalaridan foydalangan holda monitoring, vaziyatni tahlil qilish va borish qiyin bo‘lgan obyektlarni ogohlantirish uchun mo‘ljallangan texnologiyani anglatadi.Geografik axborot tizimi (GIS) fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, modellashtirish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonlik dasturchilar mazkur loyihani 1990-yildan buyon ushbu yo‘nalishda ishlab kelayotgan Rossiyaning “INKOM” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda.“Mazkur texnologiya favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joylardan tezkor ma’lumotlarni taqdim eta oladigan maxsus dron tomonidan qo‘llaniladi. Bundan tashqari, u chegara zonasini nazorat qila oladi”, deyiladi loyiha ma’lumotnomasida.MDH mamlakatlari miqyosida startaplar innovatsionligi nimada? Dron barcha xavfsizlik xizmatlariga, jumladan, o‘t o‘chiruvchilariva chegara qo‘shinlarigaham maksimal tezkorlikda ma’lumot beradi, Rossiyada esa hamon bunday dronlar faqat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qo‘llaniladi, deydi Azizbek Ilhomov.Yashnobod texnoparki va Skolkovo2020 yilda O‘zbekistonning 25 ta startap kompaniyalari Moskvada “Skolkovo” innovatsion markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “Softlending” dasturida ishtirok etdi. O‘zbekiston tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, IT-texnologiyalar, energetik samaradorlik va sanoat texnologiyalari sohasidagi loyihalarini taqdim etdi.“Softlending”ning maqsadi kichik va o‘rta kompaniyalarga Rossiya bozorida muvaffaqiyatga erishishga yordam berish. Yashnobod texnoparki jamoasi tomonidan tashkil etilgan nanotexnologiyalar yo‘nalishidagi startap dastur g‘olibi deb topildi.Loyihaga yosh muhandis Sulton Obidov rahbarlik qiladi. Darvoqe, bu yil Sulton Obidov “Yil talabasi” ham bo‘ldi. Sulton I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va avtomatlashtirish” yo‘nalishida tahsil oladi.“Skolkovo istiqbollarva imkoniyatlarni ochadi. Xususan, u yerda ko‘rsatilgan imtiyozlar, – deydi Sulton Obidov. - Agar loyiha rezidentga aylansa (Skolkovo rezidenti innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan kompaniya bo‘lib, shu sababli soliq imtiyozlarini oladi - Sputnik), boshlang‘ich bosqichda tijorat xarajatlari uchun 5 million rublgacha mablag‘ ajratiladi. Shuningdek u yerda sizning ish o‘rningiz paydo bo‘lishi mumkin. Chunki u yerda butun shahar o‘ziga xos infratuzilmaga ega. U yerda maktab, bolalar bog‘chasi, ya’ni oilaviy yashash uchun barcha sharoitlar bor".Bunday loyihalar o‘zbekistonlik dasturchilar uchun katta ahamiyatga ega, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi axborot - kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Denis Yelkin.“Bularning barchasi, albatta, startaplarning oldinga intilishi, rivojlanishi va tijoriy muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi”, deydi Yelkin.Xalqaro e’tirofDarvoqe, Sulton Obidov boshchiligidagi jamoa chindan ham jadallik bilan rivojlanmoqda – muhandislar bir nechta qurilmalarni ham ishlab chiqishgan.Ulardan biri xona haroratida bolalar o‘yinchoqlari, hujjatlar, pullar, poyabzallar, mahsulotlarni yoqimsiz hidlardan xalos qilishga yordam beradi."Ishlash prinsipi ultrabinafsha va ozonsiz katalitik nanofiltrdan foydalanishga asoslangan. Filtr kunduzgi yorug‘da faollashadi, bakteriyalarning 99,9% ni ushlab turadi va yo‘q qiladi. Bizning ish stoli havo tozalagichimiz va dezinfektorimiz xuddi shunday ishlaydi. Darvoqe, Toshkentdagi 12 ta maktabda shunday qurilmamiz bor”, - deydi Sulton Obidov.Shuningdek, qahramonimizning qo‘shimcha qilishicha, qurilmalar Janubiy Koreya laboratoriyalari va O‘zbekistondagi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida sinovdan o‘tkazilgan.Jamoaga allaqachon Skolkovoda yashash taklifi kelgan, deydi Sulton Abidov. Hozir muhandislar hujjatlarni tayyorlashapti va asta-sekin Rossiya va MDH bozorlariga chiqishni rejalashtirishmoqda.Ungacha jamoa ozarbayjonlik hamkasblari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bokulik ishlab chiquvchilar o‘z mahsulotlarini qo‘shma korxona asosida yig‘ishni tashkil qiladi.O‘zbekistonda startaplar katta muvaffaqiyatlarga erishapti va Innovatsion vazirligi ta’kidlaganidek, endi mamlakatda startap loyihalar to‘g‘risidagi qonun zarur."Bir qator meyoriy hujjatlarda "startap" atamasi qo‘llaniladi, ammo uning yaxlit ta’rifi yo‘q. Shu bois ushbu muammoni hal qiluvchi va startap tushunchasini belgilab beruvchi “Startaplar to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish zarur”, — deyiladi vazirlik hisobotida.“Qolaversa, hujjat ushbu subyektlar sinfini shakllantirishga yordam beradi”, - ishonch bilan ta’kidlaydi Azizbek Ilhomov. Uning fikricha, qonunning qabul qilinishi huquqiy, tashkiliy va investitsiya sohalarida startap loyihalar uchun ham istiqbollarni kengaytiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/02/21621884_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_8a59efda09700c8222fa286c2fbbace2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
nanotexnologiya va dronlar: o‘zbekiston va rossiya qanday startaplarni rivojlantirmoqda?
nanotexnologiya va dronlar: o‘zbekiston va rossiya qanday startaplarni rivojlantirmoqda?
Nanotexnologiya va dronlar: O‘zbekiston va Rossiya qanday startaplarni rivojlantirmoqda?
Yangi ish o‘rinlari, shuningdek, o‘simtalarga to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yish, favqulodda vaziyatlar joyidan ma’lumot to‘plashda yordam beradigan innovatsiyalar: O‘zbekiston va Rossiya olimlarining loyihalari haqida – batafsil materialimizda o‘qing.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Fan va innovatsiyalar bo‘yicha 2017-2021 yillar faoliyati yakunlari bo‘yicha Milliy hisobotni taqdim etdi. Hujjat bandlaridan biri startap sohasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikdir.
"Startap" atamasi jahon iqtisodiyotida 1976-yilda paydo bo‘lgan. Bu ma’lum bir g‘oyaga asoslangan va rivojlantirish uchun mablag‘ talab qiladigan tijorat loyihasini anglatadi. Bugungi kunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi 139 ta startap loyihalarini moliyalashtirgan. Bular sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, transport energetikasi, qurilish, oziq-ovqat sohasidagi loyihalardir.
Vazirlikning ta’kidlashicha, startaplarga yoshlar alohida qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 50% biznes g‘oyalar yosh tadbirkorlar tomonidan taklif qilingan.
"Barcha startaplarning umumiy qiymati 91,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Natijada 1100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi", - deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ilhomov Sputnik muxbiriga.
Sog‘liqni saqlashtizimini rivojlantirib
139 ta startaplar orasida o‘zbekistonlik yosh olimlarning rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda ishlab chiqayotgan bir qancha loyihalari ham bor. Masalan, Innovatsion rivojlanish vazirligi Rossiya innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlar birgalikda ikkita xalqaro tanlov o‘tkazgan. Natijada to‘rtta startapga umumiy qiymati qariyb 4 milliard so‘m ajratilgan.
Startaplarning ikkitasi sog‘liqni saqlash, uchinchisi axborot texnologiyalari, to‘rtinchisi esa kimyo texnologiyalari sohalariga oid.
Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq biznes g‘oyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, bitta loyiha Rossiyaning “Gammatex” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Ushbu kompaniya radiofarmatsevtik uskunalarni yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Uskunalar shifokorlarga har xil o‘simtalar xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi.
O‘zbekiston startapi Germaniya-68 (Ge-68) kimoviy elementini ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Ushbu elementga butun dunyoda hozir ishlab chiqarilayotganiga qaraganda ikki baravar talab yuqori. Gap shundaki, bu moddadan pozitron emissiya tomografiyasi (PET) yordamida onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi.
“Hozirda loyiha mualliflari Germaniya-68 ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish ustida ishlamoqda. 2023-yilga borib loyiha o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Yana bir qiziqarli startap - bu mobil monitoring kompleksi bo‘lib, dronlar va GIS texnologiyalaridan foydalangan holda monitoring, vaziyatni tahlil qilish va borish qiyin bo‘lgan obyektlarni ogohlantirish uchun mo‘ljallangan texnologiyani anglatadi.
Geografik axborot tizimi (GIS) fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, modellashtirish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonlik dasturchilar mazkur loyihani 1990-yildan buyon ushbu yo‘nalishda ishlab kelayotgan Rossiyaning “INKOM” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda.
“Mazkur texnologiya favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joylardan tezkor ma’lumotlarni taqdim eta oladigan maxsus dron tomonidan qo‘llaniladi. Bundan tashqari, u chegara zonasini nazorat qila oladi”, deyiladi loyiha ma’lumotnomasida.
MDH mamlakatlari miqyosida startaplar innovatsionligi nimada? Dron barcha xavfsizlik xizmatlariga, jumladan, o‘t o‘chiruvchilariva chegara qo‘shinlarigaham maksimal tezkorlikda ma’lumot beradi, Rossiyada esa hamon bunday dronlar faqat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qo‘llaniladi, deydi Azizbek Ilhomov.
Yashnobod texnoparki va Skolkovo
2020 yilda O‘zbekistonning 25 ta startap kompaniyalari Moskvada “Skolkovo” innovatsion markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “Softlending” dasturida ishtirok etdi. O‘zbekiston tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, IT-texnologiyalar, energetik samaradorlik va sanoat texnologiyalari sohasidagi loyihalarini taqdim etdi.
“Softlending”ning maqsadi kichik va o‘rta kompaniyalarga Rossiya bozorida muvaffaqiyatga erishishga yordam berish. Yashnobod texnoparki jamoasi tomonidan tashkil etilgan nanotexnologiyalar yo‘nalishidagi startap dastur g‘olibi deb topildi.
Loyihaga yosh muhandis Sulton Obidov rahbarlik qiladi. Darvoqe, bu yil Sulton Obidov “Yil talabasi” ham bo‘ldi. Sulton I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va avtomatlashtirish” yo‘nalishida tahsil oladi.
“Skolkovo istiqbollarva imkoniyatlarni ochadi. Xususan, u yerda ko‘rsatilgan imtiyozlar, – deydi Sulton Obidov. - Agar loyiha rezidentga aylansa (Skolkovo rezidenti innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan kompaniya bo‘lib, shu sababli soliq imtiyozlarini oladi - Sputnik), boshlang‘ich bosqichda tijorat xarajatlari uchun 5 million rublgacha mablag‘ ajratiladi. Shuningdek u yerda sizning ish o‘rningiz paydo bo‘lishi mumkin. Chunki u yerda butun shahar o‘ziga xos infratuzilmaga ega. U yerda maktab, bolalar bog‘chasi, ya’ni oilaviy yashash uchun barcha sharoitlar bor".
Bunday loyihalar o‘zbekistonlik dasturchilar uchun katta ahamiyatga ega, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi axborot - kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Denis Yelkin.
“Bularning barchasi, albatta, startaplarning oldinga intilishi, rivojlanishi va tijoriy muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi”, deydi Yelkin.
Darvoqe, Sulton Obidov boshchiligidagi jamoa chindan ham jadallik bilan rivojlanmoqda – muhandislar bir nechta qurilmalarni ham ishlab chiqishgan.
Ulardan biri xona haroratida bolalar o‘yinchoqlari, hujjatlar, pullar, poyabzallar, mahsulotlarni yoqimsiz hidlardan xalos qilishga yordam beradi.
"Ishlash prinsipi ultrabinafsha va ozonsiz katalitik nanofiltrdan foydalanishga asoslangan. Filtr kunduzgi yorug‘da faollashadi, bakteriyalarning 99,9% ni ushlab turadi va yo‘q qiladi. Bizning ish stoli havo tozalagichimiz va dezinfektorimiz xuddi shunday ishlaydi. Darvoqe, Toshkentdagi 12 ta maktabda shunday qurilmamiz bor”, - deydi Sulton Obidov.
Shuningdek, qahramonimizning qo‘shimcha qilishicha, qurilmalar Janubiy Koreya laboratoriyalari va O‘zbekistondagi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida sinovdan o‘tkazilgan.
Jamoaga allaqachon Skolkovoda yashash taklifi kelgan, deydi Sulton Abidov. Hozir muhandislar hujjatlarni tayyorlashapti va asta-sekin Rossiya va MDH bozorlariga chiqishni rejalashtirishmoqda.
Ungacha jamoa ozarbayjonlik hamkasblari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bokulik ishlab chiquvchilar o‘z mahsulotlarini qo‘shma korxona asosida yig‘ishni tashkil qiladi.
O‘zbekistonda startaplar katta muvaffaqiyatlarga erishapti va Innovatsion vazirligi ta’kidlaganidek, endi mamlakatda startap loyihalar to‘g‘risidagi qonun zarur.
"Bir qator meyoriy hujjatlarda "startap" atamasi qo‘llaniladi, ammo uning yaxlit ta’rifi yo‘q. Shu bois ushbu muammoni hal qiluvchi va startap tushunchasini belgilab beruvchi “Startaplar to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish zarur”, — deyiladi vazirlik hisobotida.
“Qolaversa, hujjat ushbu subyektlar sinfini shakllantirishga yordam beradi”, - ishonch bilan ta’kidlaydi Azizbek Ilhomov. Uning fikricha, qonunning qabul qilinishi huquqiy, tashkiliy va investitsiya sohalarida startap loyihalar uchun ham istiqbollarni kengaytiradi.