https://oz.sputniknews.uz/20220211/dxx-ekstremistik-oqim-tarafdorini-qolga-oldi-22683514.html
DXX ekstremistik oqim tarafdorini qo‘lga oldi
DXX ekstremistik oqim tarafdorini qo‘lga oldi
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1998 y.t. “R.Sh.” o‘zining uyali telefonidagi “Telegram” messenjerida akkaunt yaratib, u orqali diniy mavzuga ixtisoslashgan kanallarga a’zo bo‘ladi.
2022-02-11T17:18+0500
2022-02-11T17:18+0500
2022-02-11T17:18+0500
hodisalar
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
ekstremizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22520584_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_90ecbd211798ed797f8b2bb67805b3c1.jpg
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1998 y.t. “R.Sh.” o‘zining uyali telefonidagi “Telegram” messenjerida akkaunt yaratib, u orqali diniy mavzuga ixtisoslashgan kanallarga a’zo bo‘ladi.So‘ngra bu kanallarda joylashtirilgan xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning “jihod”ga chorlovchi ma’ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati”* terroristik tashkilotiga tegishli audio-videomateriallarni yuklab oladi. Shuningdek, ularni Qo‘qon shahrida yashovchi tanishlariga ham tarqatadi.DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs qo‘lga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “R.Sh.”ning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.Hozirda mazkur shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida uning maslakdoshlarini aniqlash bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22520584_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_f994692374f69593f791eb46a1c2d655.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dxx ekstremistik oqim tarafdorini qo‘lga oldi
dxx ekstremistik oqim tarafdorini qo‘lga oldi
DXX ekstremistik oqim tarafdorini qo‘lga oldi
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs qo‘lga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1998 y.t. “R.Sh.” o‘zining uyali telefonidagi “Telegram” messenjerida akkaunt yaratib, u orqali diniy mavzuga ixtisoslashgan kanallarga a’zo bo‘ladi.
So‘ngra bu kanallarda joylashtirilgan xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning “jihod”ga chorlovchi ma’ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati”* terroristik tashkilotiga tegishli audio-videomateriallarni yuklab oladi. Shuningdek, ularni Qo‘qon shahrida yashovchi tanishlariga ham tarqatadi.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs qo‘lga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “R.Sh.”ning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida uning maslakdoshlarini aniqlash bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti