https://oz.sputniknews.uz/20220210/rossiya-belarus-qoshma-mashgulotlari-boshlandi--video-22645913.html
Rossiya-Belarus qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi – video
Rossiya-Belarus qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi – video
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Belarus “Ittifoq qat’iyligi – 2022” (Soyuznaya reshimost – 2022) qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Mashqlar Belarusning bir necha poligonlarida bo‘lib o‘tadi va 20-fevralgacha davom etadi.
2022-02-10T11:44+0500
2022-02-10T11:44+0500
2023-04-05T18:36+0500
dunyoda
belarus
taktik o‘quv mashg‘ulotlari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22645840_0:146:2800:1721_1920x0_80_0_0_cc42076013f05d67bb01252bd42155bc.jpg
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiya va Belarus “Ittifoq qat’iyligi – 2022” (Soyuznaya reshimost – 2022) qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Mashg‘ulotlar mudofaa operatsiyasi davomida tashqi tajovuzning oldini olish va uni qaytarish, terrorizmga qarshi kurash va Ittifoq davlati manfaatlarini himoya qilishga oid vazifalarni bajarish uchun o‘tkazilmoqda.“Ittifoq qat’iyligi – 2022” chog‘ida qurollangan jangarilar guruhining kirishining oldini olish, qurol-yaroq va o‘q-dori yetkazib berish yo‘llarini yopish maqsadida davlat chegarasi muhofazasini kuchaytiriladi. Shuningdek, ikki mamlakat harbiylari shartli dushmanning noqonuniy qurolli guruhlari va qo‘poruvchi razvedka guruhini aniqlab yo‘q qilishadi.Mashqlar Belarusning bir nechta poligonlarida bo‘lib o‘tadi va 20-fevralgacha davom etadi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22645840_156:0:2645:1867_1920x0_80_0_0_498a3a59e64d25e7590695cc5e5c5076.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya belarus mashg‘ulotlari qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar soyuznaya reshimost
rossiya belarus mashg‘ulotlari qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar soyuznaya reshimost
Rossiya-Belarus qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi – video
11:44 10.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Belarusda “Ittifoq qat’iyligi – 2022” (Soyuznaya reshimost – 2022) qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar boshlandi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiya va Belarus “Ittifoq qat’iyligi – 2022” (Soyuznaya reshimost – 2022) qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Mashg‘ulotlar mudofaa operatsiyasi davomida tashqi tajovuzning oldini olish va uni qaytarish, terrorizmga qarshi kurash va Ittifoq davlati manfaatlarini himoya qilishga oid vazifalarni bajarish uchun o‘tkazilmoqda.
“Ittifoq qat’iyligi – 2022” chog‘ida qurollangan jangarilar guruhining kirishining oldini olish, qurol-yaroq va o‘q-dori yetkazib berish yo‘llarini yopish maqsadida davlat chegarasi muhofazasini kuchaytiriladi. Shuningdek, ikki mamlakat harbiylari shartli dushmanning noqonuniy qurolli guruhlari va qo‘poruvchi razvedka guruhini aniqlab yo‘q qilishadi.
Mashqlar Belarusning bir nechta poligonlarida bo‘lib o‘tadi va 20-fevralgacha davom etadi.