Putinni yovuzlashtirish - G‘arbning o‘ziga qarshi ish berdi
© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF Vladimir Putin provel trenirovku po dzudo v Shkole visshego sportivnogo masterstva v Sankt-Peterburge
© Sputnik / Aleksey Drujinin
/ Obuna bo‘lish
G‘arb "dahshatli diktator va tajovuzkor Putin"ni o‘ylab topdi - haqiqiy Putin esa ushbu obrazdan o‘z foydasiga foydalanishga qaror qildi.
G‘arb Vladimir Putin nimani istayotganini tushunmaydi: na uning harakatlari mantiqini, na taktikasini. Nega va nima uchun roppa-rosa uch oy oldin Rossiya prezidenti NATOni sharqqa kengaytirmaslik kafolatlarini talab qildi? Nega u Ukrainaning atlantizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi masalasini ko‘ndalang qo‘ydi?
Anglo-sakslar ushbu savollarga aniq javobga ega emaslar, shuning uchun ular ham ularning xayoli hamma narsa ro‘y berishi mumkin, hatto Rossiyaning Ukrainaga "bostirib kirishi" ham. Bundan tashqari, ana mana degancha sodir bo‘lishi “aniq” bo‘lgan "rus tajovuzkorligi" - o‘tgan bahorda tashviqot sifatida boshlangan bo‘lsa, bu qishning oxiriga kelib u vasvasa xarakterini oldi. Anglo-sakslar o‘zlarining o‘ylab topgan uydirmaga o‘zlari ishona boshlagani ma’lum bo‘ldi, ammo bu ham ularga Putinni yaxshiroq tushunishga yordam bermadi. Ayni paytda Putinning bugungi taktikasi mantiqi mutlaqo tushunarli - bu uning eng sevimli dzudosidir.
Putin G‘arb quroli kuchini uning o‘ziga qaytardi: tashabbusni raqibdan tortib olib uning o‘z kuchini o‘ziga qarshi zarbaga aylantirdi. G‘arb "dahshatli diktator va tajovuzkor Putin"ni o‘ylab topdi - haqiqiy Putin esa ushbu obrazdan o‘z foydasiga foydalanishga qaror qildi. Yillar davomida anglo-sakslar o‘z manfaatlari uchun Putinni yomon qilib ko‘rsatishdi.
Buning bir qancha sabablari bor edi. "Rus yovvoyilaridan" rostakamiga qo‘rqishdan tortib Rossiyani abadiy noto‘g‘ri tushunish, u bilan hisoblashni istamaslik va Rossiyani “tiyib turish” siyosati hamda o‘z ittifoqdoshlarini ongli ravishda Rossiya bilan qo‘rqitish va hatto AQSh ichki siyosiy kurashida bundan foydalanishgacha. Ammo sabablar va nisbatlar endi muhim emas: asosiysi anglo-sakslar Putin uchun zamonamizning eng xavfli odami qiyofasini yaratdilar. Bu, albatta propaganda va ushbu obrazni yaratganlar undan o‘zlariga kerakicha foydalanishdi (“Putin Trampni prezident etib sayladi” kabi sarlavhalarni esga oling), lekin ayni damda G‘arb ommasi (yovuz Putin obrazi aynan g‘arbliklar uchun o‘ylab topilgan) va siyosatchilarining Putin obraziga reaksiyasini nazorat qila olmay qoldilar. Ya’ni G‘arb siyosiy rahbarlaridan ayrimlari Putindan har qanday ishni kutish mumkin ekaniga o‘zlariga ham ishona boshladi. Bunday vaziyatda Putin G‘arbni o‘z qo‘rquvlari qarmog‘iga tushirishga, kuchsiz joyiga zarba berishga qaror qildi.
Rossiya G‘arbni Ukrainadan chekinishga majbur qilmoqchi, va anglosakslarni rus dunyosi chegarasini qayta ko‘rib chiqish rejasidan voz kechishga majburlamoqchi. Hozircha Ukraina G‘arb ta’siri ostida qolmoqda - lekin bu vaqtinchalik tarixiy xato ikkiga bo‘lingan bir xalq tomonidan keyinchalik tuzatiladi. Ukrainani atlantizatsiya qilishning iloji yo‘q.
Anglo-sakslar Ukrainani G‘arb blokiga rasman qo‘shilishga majburlamoqchi emaslar. Bundan tashqari, ular bu bilan Rossiyani to‘laqonli mojaroga provokatsiya qilish mumkinligini tushunishadi. Biroq, shu bilan birga, ular Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligiga hech qanday kafolat berishni xohlamaydilar, hatto vaqt cheklangan bo‘lsa ham - chunki bu mamlakatni g‘arbiy lagerga o‘tish uchun hamma narsasini tikkan hozirgi Ukraina elitasiga kuchli zarba bo‘ladi.
Bunday sharoitda Rossiya Ukrainadagi ichki siyosiy munosabatlardagi o‘zgarishlarni yillar davomida kutishi mumkin. Shu bilan birga, atlantikachilar qo‘lida har doim Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun ideal vositaga paydo bo‘ladi. Ukrainadan umuman Rossiya-Yevropa munosabatlarini va Rossiyaning alohida Yevropa davlatlari bilan aloqalarini cheklash uchun faol foydalaniladi. Anglo-sakslar Ukraina inqirozini yumshatishdan mutlaqo manfaatdor emaslar va ular bundan uzoq vaqt davomida Rossiyani “tiyib turish” siyosatida foydalanishlari mumkinligiga amin edilar.
Ushbu vaziyatda Putin mutlaqo g‘alaba qozonadigan harakat qiladi: u anglo-sakslar bilan birga o‘ynashni boshlaydi. Bahordan beri u ularga atlantikachilarning eng yomon umidlarini oqlab, haqiqatan ham Ukrainaga zarba bermoqchi bo‘layotgandek qilib ko‘rsatishni boshlaydi. Avgust oyida amerikaliklarning Afg‘onistondan olib chiqilishi AQSh obro‘yi uchun halokatga aylanadi, AQSh obro‘siga jiddiy zarba bo‘ladi va “mijoz”davlatlar asabiylasha boshlaydi. Ayniqsa, Ukraina - agar biror narsa bo‘lsa, amerikaliklar bizni himoya qilmaydi, degan fikr kela boshladi.
Kuzda Putin o‘z taktikasini davom ettirdi va G‘arb haqiqatan ham Rossiya Ukrainani yaqinda “bosib olishi” mumkinligiga ishondi. "Rossiya tahdidi" mavzusi ommaviy axborotda tobora kuchaytira boshlanadi – lekin anglo-sakslar hali ham biror yo‘nalishda Ukraina yo‘nalishida harakat qilishni xohlamasdilar.
Noyabr oyida Putin navbatdagi harakatini qiladi. U G‘arbda ma’lum bir keskinlik yuzaga kelganini va uni saqlab qolish kerakligini e’lon qiladi. Va u Rossiyaning g‘arbiy yo‘nalishdagi xavfsizligini kafolatlash talabini ilgari suradi va ular orasida asosiysi Ukrainani NATOga qabul qilishdan bosh tortishdir. Dekabr oyi o‘rtalarida "Putinning ultimatumi" bitim loyihalari shaklida rasmiylashtiriladi.
Bunga javoban anglo-sakslar hammani Putin nihoyat urushga tayyor ekanligiga ishontira boshladi. Biroq, siz shunchaki rus agressiyasini kutib o‘tirmaysizku, - xo‘sh nima qilish kerak?
Putin shunchaki vahima qilayapti deyish kerakmi? Ammo unda bu “yovuz Putin” obrazini yaratishga sarflangan shuncha sa’y-harakatlarni bekor qiladi-ku? Ikkinchidan buning shunchalik vahima (blef) ekanligiga ham ishonch yo‘q.
Hujumni kutish kerakmi? Ammo keyin qandaydir tarzda Ukrainaning "yangi Gitler" ga taslim bo‘lishini tushuntirish kerak bo‘ladi - va Ukrainaning Rossiya tomonga o‘tishining oqibatlari o‘sha Bayden uchun ichki siyosiy darajada juda og‘riqli bo‘ladi. AQShning global jabhadagi obro‘siga ta’siri haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Xo‘sh nima qilish kerak? Bu Rossiyaga qarshi "jahannam sanksiyalarini" oldindar kiritish ishlamaydi – bunga nafaqat Yevropa rozi bo‘lmaydi, balki haqiqatan ham anglo-saksonlar nazorati ostida bo‘lgan butun jahon moliya tizimiga dahshatli zarba bo‘ladi.
Oqibatda yagona yo‘l qoladi – Putin bilan muzokara olib borish. Avvalo, Ukraina masalasida, Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligiga aniq kafolatlar berish.
BU kafolatlar aslida ham Putinga kerakmi? Axir ularning bir so‘ziga ham ishonib bo‘lmaydiku. Yo‘q, aslida Putinga G‘arb ichidagi kelishmovchilik va atlantikachilar allaqachon aytgan narsa kerak: biz Ukraina uchun Rossiya bilan kurashmaymiz. Bu yerda Rossiya (o‘z xalqi deb hisoblaydigan) Ukrainaga hech qachon hujum qilmasligi muhim emas - G‘arbning chekinishi muhim.
Bu allaqachon aniq edi, lekin buni omma oldidan yaqqon tasdiqlash - juda muhim edi. Bu Rossiyaning Ukrainani qaytarish strategiyasining muhim bosqichdir. Tinchlik yo‘li bilan, lekin G‘arbning barcha afsona va qo‘rquvlarini ishga solgan holda.