IIVda qator tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Aleksey FilippovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Obuna bo‘lish
Tayinlovlar Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Podpolkovnik Mansur Muratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Beruniy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Muratov Qoraqalpog‘iston IIV bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Niyetbay Adilbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kegeyli tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar Adilbekov Qoraqalpog‘iston IIV bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Podpolkovnik Jamshid Tangriev Buxoro viloyati IIB Olot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Tangriev Buxoro viloyati IIB Qorako‘l tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Podpolkovnik Azamat Ismoilov Buxoro viloyati IIB Shofirkon tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar Ismoilov Buxoro viloyati IIB Buxoro shahar IIO FMB bo‘limi boshlig‘i bo‘lib mehnat qilgan.
Podpolkovnik Obidjon Ro‘zimurodov Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Ro‘zimurodov Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan
Podpolkovnik Anvar Rajabov Navoiy viloyati IIB Konimex tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Rajabov Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0