https://oz.sputniknews.uz/20220209/rossiya-ozbekistonliklarni-ishlashga-jalb-qilish-boyicha-pilot-loyihasini-kengaytirdi-22642004.html
Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi
Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati o‘zbekistonliklarni mamlakatga ishlashga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi. Hukumat yangi qaroriga ko‘ra, endilikda Rossiyada ishlash uchun nafaqat quruvchilar, balki qishloq xo‘jaligi xodimlari ham jalb qilinadi.
2022-02-09T21:48+0500
2022-02-09T21:48+0500
2023-04-05T18:36+0500
jamiyat
migrantlar
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/33/46/334637_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_490e979a373a99ad0500fe28a2cfc8fa.jpg
Rossiya hukumati o‘zbekistonliklarni mamlakatga ishlashga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi.Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, endilikda Rossiyada ishlash uchun nafaqat quruvchilar, balki qishloq xo‘jaligi xodimlari ham jalb qilinadi.Shu tariqa, O‘zbekistonning 10 ming nafar fuqarosini qurilish sohasiga, 1 108 nafarini qishloq xo‘jaligiga jalb etish rejalashtirilgan.Hozir Toshkentda rossiyalik shifokorlar Rossiyaga ishlash istagini bildirgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Ular “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanadi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga yuborish bo‘yicha pilot loyihasi boshlangandi.Loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.Dekabr oyida Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi respublikaning mingdan ziyod fuqarolarini o‘sha pilot loyiha doirasida agrosanoat majmualari korxonalaridagi ishlarga jalb qilish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlagandi. Qayd etilishicha, ishga joylashish uchun fuqarolarga maxsus tibbiyot kartasi lozim bo‘ladi. Hujjat oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga kirish uchun zarur. Ishchilar sabzavotchilik, bog‘dorchilik, parrandachilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoatga kerak.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/33/46/334637_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_d78c86ae101f79bb6bad352c1c0cd855.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekistonliklarni ishlashga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi
rossiya o‘zbekistonliklarni ishlashga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi
Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi
21:48 09.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Rossiya hukumati o‘zbekistonliklarni mamlakatga ishlashga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi.
Rossiya hukumati o‘zbekistonliklarni mamlakatga ishlashga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirdi.
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, endilikda Rossiyada ishlash uchun nafaqat quruvchilar, balki qishloq xo‘jaligi xodimlari ham jalb qilinadi.
Shu tariqa, O‘zbekistonning 10 ming nafar fuqarosini qurilish sohasiga, 1 108 nafarini qishloq xo‘jaligiga jalb etish rejalashtirilgan.
Hozir Toshkentda rossiyalik shifokorlar Rossiyaga ishlash istagini bildirgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Ular “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga yuborish bo‘yicha pilot loyihasi boshlangandi.
Loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.
Dekabr oyida Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi respublikaning mingdan ziyod fuqarolarini o‘sha pilot loyiha doirasida agrosanoat majmualari korxonalaridagi ishlarga jalb qilish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlagandi.
Qayd etilishicha, ishga joylashish uchun fuqarolarga maxsus tibbiyot kartasi lozim bo‘ladi. Hujjat oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga kirish uchun zarur.
Ishchilar sabzavotchilik, bog‘dorchilik, parrandachilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoatga kerak.