O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari tizimi yanada rivojlantiriladi

© Sputnik / StringerLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakat elektr energetika sektorini transformatsiya qilish rejalashtirilgan. Bunda Jahon banki yordam beradi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Jahon banki ishtirokida O‘zbekiston elektr energetika sektori transformatsiya qilinadi, magistral elektr tarmoqlari tizimi rivojlantiriladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan tegishli qarorda ko‘zda tutilgan.
Hujjat respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish, uning ishonchliligi va xavfsizligini oshirish, tizimli avariyalarning oldini olish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish;
Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (II faza);
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan va mablag‘lar iqtisod qilinishi kutilayotgan xalqaro moliya institutlarining kreditlari ro‘yxati.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalar va “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi 110-500 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufiga balans qiymati bo‘yicha shtat birliklari bilan birga o‘tkaziladi. Bunda xo‘jalik jamiyatlarining bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga o‘tkazilayotgan mulki va mulkiy huquqlari soliqqa tortishning barcha turlari bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Jahon bankining direktorlar kengashi tomonidan 2021-yil 25-iyunda investitsiya loyihalarini quyidagi mablag‘lar hisobiga moliyashtirish kelishilgan:
- Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 330 mln dollarga teng imtiyozli va 50 mln dollarga teng imtiyozsiz kreditlari;
- Yashil iqlim jamg‘armasining 43 mln dollarga teng imtiyozli krediti va 4 mln dollarga teng grant mablag‘lari.

Mavzuga oid:

O‘zbekistonda yagona elektr halqa tizimi yaratiladi
Mamlakat energetika tizimida qanday islohotlar e’lon qilindi
O‘zbekistonda blekaut takrorlanishini qanday qilib oldini olish mumkin – ekspert
Yangiliklar lentasi
0