Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Norvegiyalik olimlar “uzoq umr” menyusini tuzishdi

© Pixabay/ Rita Eujin diyeta
ujin diyeta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
Tarkibida shakar va tuz bo‘lgan hamda qayta ishlangan qizil go‘sht mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish - qandli diabet va saraton kasalliklariga olib keladi.
Norvegiyalik olimlar umrni bir yildan ko‘proq muddatga uzaytiradigan parhez tuzishdi. Bu haqida The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Bergen universiteti mutaxassislarining ta’kidlashicha, G‘arb mamlakatlari aholisi tarkibida shakar va tuz bo‘lgan hamda qayta ishlangan qizil go‘sht mahsulotlarini ko‘p iste’mol qiladi.
Bunday oziq-ovqat semirish, yurak-qon-tomir, qandli diabet va saraton kasalliklariga olib keladi. Buyuk Britaniyada katta yoshli aholining yarmi, AQShda esa aholining yarmi ortiqcha vazndan aziyat chekadi.
Tadqiqotchilar bir kunda 200 gr. don mahsulotlari, 200 gr. baliq, 25 gr. yong‘oq, 200 gr. dukkakli mahsulotlar, 40 gr. meva-sabzavotlar va 50 grammdan ko‘p bo‘lmagan oq go‘sht iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Va shu bilan birgalikda qizil va dudlangan go‘sht, kolbasa, sosiskalardan butunlay voz kechish lozim.
Bunday parhezga amal qilgan 20 yoshli inson umrini taxminan 13-yilga, 60 yoshli kishi 8,5 yilga, 80 yoshli inson esa 3,5 yilga uzaytira olishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0