“Muvaqqat hukumat o‘z va’dalarini bajarishi shart”: Kamilov “Tolibon”*ni tan olish haqida

© Foto: MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV rahbari: toliblar hukumatini tan olish masalasi – ikki tomonlama harakatlar evazigagina amalga oshishi mumkin
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Afg‘onistonda “Tolibon”* hukumatini tan olish masalasi – ikki tomonlama harakatlar evazigagina amalga oshishi mumkin, ya’ni muvaqqat hukumat o‘z va’dalarini bajarishi shart. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, bugun Afg‘onistonda mutlaqo yangi voqelik shakllangani haqiqat. Ushbu davlat muvaqqat hukumatini tan olish yoki tan olmaslik borasida turlicha yondashuvlar mavjud.

“Hukumatni tan olish masalasi – ikki tomonlama harakatlar evazigagina amalga oshishi mumkin. Ya’ni oldinga siljish kerak: muvaqqat hukumat o‘z va’dalarini bajarishi shart (va ular juda ko‘p). Bular xalqaro hamjamiyat qo‘yayotgan deyarli o‘sha shart va talablardir”, - dedi vazir.

TIV rahbari boshqa tomondan esa xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan har qanday ijobiy qadam va o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi kerakligini ta’kidladi. Bu hukumat bilan ishlash, muloqot qilish, ta’sir o‘tkazish, xalqaro hamjamiyatning yondashuvlari va shartlari haqida ma’lumot berish kerak. Shu tariqa qarashlarni yaqinlashtirish, o‘zgarishlarni yaxshi tomonga burish mumkin.
Kamilov O‘zbekiston eng og‘ir davrlarda ham Afg‘oniston vakillari bilan aloqalarni to‘xtatmaganini eslatdi.
“Bugun esa savdo-iqtisodiy hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Gap energetika va transport kommunikatsiyalari sohasida ham jiddiy loyihalarni amalga oshirish haqida bormoqda”, - dedi u.
Vazirning fikricha, bugungi kundagi asosiy vazifa — Afg‘onistonda gumanitar halokatning oldini olish. U vaziyatning keskinlashishi jamiyatda radikallashuv, turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar, ektremizm kuchlarining kuchayishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"** a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.

Mavzuga oid:

Malginov: Moskva va Toshkent Afg‘onistondagi vaziyat sabab harbiy aloqalarni faollashtirdi
Shavkat Mirziyoyevga butun afg‘on xalqi nomidan chuqur minnatdorlik bildirildi
O‘zbekiston transafg‘on temir yo‘li qurilishini qachon boshlaydi
Afg‘oniston yangi hukumatini tan olish de-fakto amalga oshmoqda - Zamir Kabulov
Yangiliklar lentasi
0