Hodisalar

Moskva viloyatida 4 nafar xorijlik doʻkonga hujum qilib, kassachi ayolni oʻldirishdi – video

© Sputnik / Natalya Seliverstova /  / Mediabankka oʻtishPolitsiya i skoraya pomoщ
Politsiya i skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskva viloyatida 4 nafar xorijlik “Pyatyorochka” doʻkoniga hujum qilib, kassachi ayolni oʻldirishdi.
TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Kechasi Moskva viloyatidagi Istra shahridagi Novopetrovskoye qishlogʻidagi “Pyatyorochka” supermarketiga 4 nafar xorijlik beysbol bitalar bilan bostirib kirib, xodimlarga hujum qilishdi.
Kassadan 96 ming rublni olib, qochib ketishdi.
Sotuvchi ayol olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etdi, doʻkon direktori va uning turmush oʻrtogʻi shifoxonaga yotqizildi.
Hujum qilgan kishilar qoʻlga olindi. Ularning barchasi - qoʻshni davlatlardan birining fuqarolari.
Xorijliklarning boshqa bunday jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Talonchilik va oʻlimga olib kelgan ogʻir tan jarohatlarini yetkazish moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergovchilar xorijliklarning Rossiyada boʻlishi qonuniyligini tekshiradi.
Hozirda tergovchilar va kriminalistika mutaxassislari guvohlarni soʻroq qilishmoqda, hujumchilarning yashash joyida tintuvlar oʻtkazilmoqda. Hujum qilganlarga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, ehtiyot chorasi tanlanadi.
Yangiliklar lentasi
0