Kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchilarga kompensatsiya beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
“Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022–2024 yillarda 310 ta paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va sholichilik klasterlarining chorvachilik komplekslarida 751 916 bosh qoramol yetishtiriladi.
2022–2023 yillarda har bir tumanda kamida 1 tadan go‘sht va sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar aholiga kooperatsiya usulida chorva yetkazib beradi, yetishtirilgan mahsulotlar qayta ishlab sotiladi.
Qarorga muvofiq, kooperatsiya usulida go‘sht va sut yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga chorvachilik yo‘nalishida:
ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensatsiya hamda kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi;
jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari 10-yil muddatga 3-yil imtiyozli davr bilan ajratiladi.
2022 yil 1-yanvardan 2023-yil 31-dekabrgacha:
QQS to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun subsidiya miqdori 2 000 so‘mdan 4 000 so‘mga hamda sutning har bir litri uchun 200 so‘mdan 400 so‘mga oshiriladi;
chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan kredit va lizing shartlari asosida xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalari kredit va lizing foizi xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi;
ozuqa ekin yer maydonlarida yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan chorvachilik xo‘jaliklariga uning har bir gektari uchun 8 million so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi;
gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda, mazkur uskuna qiymatining 100 million so‘mdan oshmagan qismi qoplanadi.
Tegishli ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan, ishlab chiqarilganiga 5-yildan oshmagan ozuqa ekinlarini ekish, yig‘ish va ozuqa tayyorlash qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2025-yil 1-martgacha bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi hamda tadbirkorlar QQSni 180 kungacha kechiktirib to‘lashi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0