So‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

© Foto: press-sekretar SB UzbekistanaNovie banknoti v 50 tisach sumov i 100 tisach sumov
Novie banknoti v 50 tisach sumov i 100 tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy bank tanlovida barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. G‘olib pul bilan mukofotlanadi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki milliy valyuta "So‘m ramzi"ni yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi.
Bank xabariga ko‘ra, tanlov so‘mning moliya bozorida xalqaro nufuzini oshirish va keng jamoatchilik o‘rtasida tanilishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

“Tanlovda mamlakatning milliy valyutasini xalqaro miqyosda o‘ziga xosligi, xalqimizning madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi”, - deyilgan xabarda.

Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 2022-yil 31-martga qadar ariza, o‘z g‘oyalari tasviri va konsepsiyasi bilan birgalikda tanlov@cbu.uz elektron manziliga yuborishlari kerak.
G‘olib 15 million so‘m bilan mukofotlanadi. Tanlov qoidalari bilan mana bu yerda tanishib chiqish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0