O‘zbekistonda blekaut takrorlanishini qanday qilib oldini olish mumkin – ekspert

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarda yanvar oyida yuz bergan blekautdan so‘ng ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda: kelajakda yorug‘lik va issiqlik ta’minotini qanday qilib uzluksiz ta’minlash mumkin?
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga energetika bo‘yicha ekspert Vacheslav Kulagin savollarga javob berdi.
Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodida avtonom elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilma ishga tushirildi. O‘zbekiston Energetika vazirligi bayonotida aytilishicha, uning hisobiga korxona respublika milliy elektr tarmog‘ini qo‘shimcha energiya bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yaqinda elektr uzatish liniyasida ro‘y bergan avariyadan so‘ng O‘zbekiston energetika sohasida nimalar sodir bo‘lmoqda - dedi Jahon va Rossiya energetika kompleksini tadqiq qilish boshqarmasi boshlig‘i, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi huzuridagi energetika tadqiqotlari markazi direktori Vacheslav Kulagin.
Respublika elektr ta’minotida uzilishlarni oldini olish uchun nima qilishi mumkin? Nima uchun yadro energetikasi bugungi kunda Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun muhim? “Rosatom” O‘zbekiston va boshqa respublikalarga qanday yordam bera oladi? Ekspert savollarga javob berdi.
Vacheslav Kulaginning so‘zlariga ko‘ra, GTL zavodining ishga tushirilishi bilan elektr energiya ishlab chiqarish quvvatini oshiradi. Biroq, zavod bu mamlakatda iste’mol qilinadigan elektr energiyasining taxminan 0,5 foizini ta’minlashga qodir.
Bugungi kunda, yanvardagi energetika inqirozi fonida, ekspertning fikricha, mamlakatlar uchun tizim ishonchliligi masalalarini hal qilish muhim. Elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish uchun elektr uzatish liniyalari va infratuzilmani modernizatsiya qilish zarur.
"Qo‘shni davlatlar bilan elektr energiyasi oqimi muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari tizim ishonchli va sinxron ishlashini ta’minlashi kerak", - deydi Kulagin.
Yaqinda ro‘y bergan elektr tizimidagi nosozlik, ekspertning fikricha, tasodifan ro‘y bermadi. Buning sabablaridan biri - ortib borayotgan yuklanish bilan liniyalarning bardosh bera olmasligi.
Yangiliklar lentasi
0