https://oz.sputniknews.uz/20220208/achchiq-taomlarning-foydali-va-zararli-jihatlari-haqida-bilasizmi-22554450.html
Achchiq taomlarning foydali va zararli jihatlari haqida bilasizmi?
Achchiq taomlarning foydali va zararli jihatlari haqida bilasizmi?
Sputnik O‘zbekiston
Shifokorning ta’kidlashicha, achchiq taomlarda ham organizm uchun foydali xususiyatlar bor, biroq ularni ko‘p iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lish kerak
2022-02-08T06:00+0500
2022-02-08T06:00+0500
2022-02-08T06:00+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
Qalampirli achchiq taomlarning organizm uchun zararli va foydali jihatlari haqida vrach-diyetolog, gastroenterolog Margarita Arzumanyan Sputnik radio sida so‘zlab berdi.“Achchiq taomlarning saraton va yallig‘lanish kasalliklariga qarshi xususiyatlarini isbotlovchi tadqiqotlar bor. Achchiq ovqat vaznni meyorlashtirishda, yomon xolesterin miqdorini kamaytirishda va qon bosimini tushirishda yordam beradi. Biroq, Xitoyda 4,5 ming ishtirokchi qatnashgan tibbiy tadqiqot shuni ko‘rsatganki, har kuni 50 gr achchiq qalampir, umuman achchiq ovqat iste’mol qilish kognitiv qobiliyatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Ya’ni achchiq taomlarni muntazam iste’mol qilish fikrlash, tushinish, tafakkur qilish kabi qobiliyatlar pasayishiga va xotiraning buzilishiga sabab bo‘ladi”, deydi shifokor.Achchiq ovqat tanani qizitadi. Shifokorlar qalampirni shamollashda davolovchi vosita sifatida tavsiya qilmaydi. Chunki, qalampir yuqori nafas yo‘llarini bezovta qiladi va yo‘talni keltirib chiqaradi.Oshqozon-ichak kasalliklarida achchiq ovqatlar qat’iyan mumkin emas. Achchiq taom iste’mol qilish oshqozon yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasini keltirib chiqarmaydi, biroq organizmdagi mavjud kasalliklarni qo‘zg‘atib yuborishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
achchiq taomlarning foydali va zararli jihatlari haqida bilasizmi?
achchiq taomlarning foydali va zararli jihatlari haqida bilasizmi?
Achchiq taomlarning foydali va zararli jihatlari haqida bilasizmi?
Shifokorning ta’kidlashicha, achchiq taomlarda ham organizm uchun foydali xususiyatlar bor, biroq ularni ko‘p iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lish kerak.
Qalampirli achchiq taomlarning organizm uchun zararli va foydali jihatlari haqida vrach-diyetolog, gastroenterolog Margarita Arzumanyan Sputnik radio sida so‘zlab berdi.
“Achchiq taomlarning saraton va yallig‘lanish kasalliklariga qarshi xususiyatlarini isbotlovchi tadqiqotlar bor. Achchiq ovqat vaznni meyorlashtirishda, yomon xolesterin miqdorini kamaytirishda va qon bosimini tushirishda yordam beradi. Biroq, Xitoyda 4,5 ming ishtirokchi qatnashgan tibbiy tadqiqot shuni ko‘rsatganki, har kuni 50 gr achchiq qalampir, umuman achchiq ovqat iste’mol qilish kognitiv qobiliyatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Ya’ni achchiq taomlarni muntazam iste’mol qilish fikrlash, tushinish, tafakkur qilish kabi qobiliyatlar pasayishiga va xotiraning buzilishiga sabab bo‘ladi”, deydi shifokor.
Achchiq ovqat tanani qizitadi. Shifokorlar qalampirni shamollashda davolovchi vosita sifatida tavsiya qilmaydi. Chunki, qalampir yuqori nafas yo‘llarini bezovta qiladi va yo‘talni keltirib chiqaradi.
Oshqozon-ichak kasalliklarida achchiq ovqatlar qat’iyan mumkin emas. Achchiq taom iste’mol qilish oshqozon yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasini keltirib chiqarmaydi, biroq organizmdagi mavjud kasalliklarni qo‘zg‘atib yuborishi mumkin.