“Uzbekistan GTL” zavodida avtonom elektr ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushdi

© Press-slujba Ministerstva energetiki UzbekistanaNa zavode Uzbekistan GTL zapustili ustanovku po proizvodstvu avtonomnoy elektroenergii
Na zavode Uzbekistan GTL zapustili ustanovku po proizvodstvu avtonomnoy elektroenergii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna bo‘lish
Respublikadagi asosiy neft-gaz korxonalarini, gaz konlarida o‘rnatilgan kompressor stansiyalarini GTL zavodi ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi negizida yagona avtonom tarmoqqa ulash imkoniyati o‘rganilmoqda.
TOShKENT, 7 fev - Sputnik. “Uzbekistan GTL” zavodida 4-fevral kuni korxonani elektr bilan ta’minlovchi birinchi bug‘ turbina generatori ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekneftgaz” AJ.
GTL zavodida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini avtonom ishlab chiqarish ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lib, texnologik jarayon davomida hosil bo‘ladigan ortiqcha bug‘ hisobiga amalga oshiriladi. Umuman olganda, GTL zavodida quvvati 90 MVtgacha bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan ikkita bug‘ turbinali generator o‘rnatilgan.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish qurilmasining ishga tushirilishi bilan yaqin kunlarda GTL zavodi nafaqat o‘zining ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqarishni, balki respublika milliy elektr tarmog‘iga qo‘shimcha 45 MVtgacha bo‘lgan hajmda elektr energiyasini yetkazib berishni ham boshlaydi.
Qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlar Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar, jumladan, turar-joy binolari va tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini yaratadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ ishchi guruh tashrifi doirasida boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev asosiy neft-gaz korxonalarini, jumladan, gaz konlarida o‘rnatilgan kompressor stansiyalarini GTL zavodi ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi negizida yagona avtonom tarmoqqa ulash imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mazkur qaror O‘zbekiston prezidentining energetika tizimining barqarorligini oshirish va asosiy ishlab chiqarish obyektlarini, birinchi navbatda, neft va gaz qazib olish obyektlarini avtonom elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlarini bajarish doirasida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0