O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” musobaqasida uchta medalni qo‘lga kiritishdi

© Foto: Federatsiya dzudo UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po dzudo zavershila turnir "Bolshogo shlema" 3 bronzovimi medalyami
Sbornaya Uzbekistana po dzudo zavershila turnir Bolshogo shlema 3 bronzovimi medalyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna bo‘lish
Parijdagi nufuzli musobaqada 5 nafar o‘zbekistonlik dzudochilari ishtirok etdi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Parij “Katta dubulg‘a” musobaqasini uchta medal bilan yakunladi. Bu haqda mamlakat dzudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ikki kun davom etgan nufuzli musobaqada 5 nafar o‘zbekistonlik dzudochilari ishtirok etgan
Turnirning ikkinchi kuni Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda kanadalik Fransis Gautiyerga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini qo‘shimcha bo‘limda mag‘lubiyatga uchratdi.
Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonovning (-90 kg) raqibi gruziyalik Beka Griniashvili yarim finalda taqiqlangan harakat uchun xansoke, ya’ni jazo olgani uchun tatamiga chiqmadi. Natijada g‘alaba o‘z o‘zidan Bobonovga berildi.
Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda niderlandiyalik tajribali raqib Mixayel Korrelni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.
Dzudochilar 500 reyting ochkosiga ham ega bo‘lishgan.
O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egalladi. Yaponiya terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan birinchi bo‘ldi. Fransiyaliklar 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza bilan ikkinchi o‘rinni band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Mo‘g‘iliston dzudochilari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakun yasashdi.
Yangiliklar lentasi
0