Kvadrokopter bilan ushlangan rossiyalik blogerga qanday chora ko‘rildi?

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Dnya goroda v Moskve
Prazdnovanie Dnya goroda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna bo‘lish
Biror mamlkatga borishdan oldin ushbu mamlkat qonunchiligi bilan ozgina bo‘lsada tanishish kerak.
TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Biroz oldin Buxoro aeroportida qo‘lga olingan Rossiyalik bloger Maksim Limar uy qamog‘idan ozod qilingani va 9-fevral kuni Novosibirskka qaytib ketishini ma’lum qilgan edik.
O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasining matbuot kotibi Dmitriy Danilov Sputnik muxbiriga rossiyalik bloger ishining tafsilotlari bilan bo‘lishdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, blogerga nisbatan hech qanday jiddiy chora ko‘rilmagan, shunchaki kvadrokopter konfiskatsiya qilingan xolos. Kvadrokopter vazni yengil bo‘lishiga qaramasdan, unga foto va video suratga oluvchi moslamalar o‘rnatish mumkin. Bunday holatda u avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan uchuvchisiz apparatlar toifasiga kiritiladi.
"Qo‘rqinchli hech narsa sodir bo‘lmadi. O‘zbekiston avvalgiday mehmondo‘st va sayyohlar uchun ochiq mamlakat bo‘lib qolmoqda. Lekin kelishdan oldin hech bo‘lmasa ushbu mamlkat qonunchiligi bilan ozgina bo‘lsada tanishish kerak. Ayniqsa siz jurnalistika yoki blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz" - deydi Danilov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2015-yilda respublika hududiga og‘irligi 2 tonnagacha bo‘lgan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, sotish, saqlash va foydalanishni ta’qiqlovchi qonun qabul qilingan. 2016 yidan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan.
2019 yilning noyabr oyidan boshlab esa O‘zbekiston qonunchiligida uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash, sotish va foydalanish uchun 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan.
Yangiliklar lentasi
0