Hafta oxirida havo isib ketadi – O‘zgidromet

© SputnikPodsnejnik, arxivnoe foto
Podsnejnik, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna bo‘lish
Hafta o‘rtasidan O‘zbekistonga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bo‘yicha biroz yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 2-7 daraja iliqni tashkil etadi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
8 fevral kuni respublika hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shimolda va tog‘li hududlarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati -2 daraja sovuq +3 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi +3...+8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
9 fevralda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi kuchsiz sovuqlar saqlanib turadi, kunduzi esa havo harorati +7...+10 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.
Hafta o‘rtasidan respublika bo‘yicha ob-havo o‘zgaradi, hududlarga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va meyoriy qiymatlardan yuqori bo‘ladi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, hafta oxiriga borib kunduzgi havo harorati +12...+15 daraja iliqqacha, janubda +18...+20 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Haftaning katta qismida kechasi va ertalab tuman kuzatiladi. 7-8 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Yangiliklar lentasi
0