Angrenda 16 metrli quduqdan fuqaro va it bolasi qutqarildi - foto

© Foto: O‘zbekiston FVV Angrenda kuchuk bolasini qutqarmoqchi bo‘lgan fuqaro 16 metrli quduqqa tushib ketdi
Angrenda kuchuk bolasini qutqarmoqchi bo‘lgan fuqaro 16 metrli quduqqa tushib ketdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna bo‘lish
Fuqaro ichimlik suvini chiqarish uchun mo‘ljallangan quduq ichiga tushib ketgan kuchukni olib chiqmoqchi bo‘lgan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahrida 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
7 fevral kuni soat 11:48 da shaharning 3-yong‘in-qutqaruv qismi dispetcherlik xizmatiga tashvishli xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro V.B. ichimlik suvini chiqarish uchun mo‘ljallangan quduq ichiga tushib ketgan it bolasini olib chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo u osilib tushayotgan arqon kutilmaganda uzilib ketgan va o‘zi ham quduqqa tushib ketgan.
© Foto: O‘zbekiston FVVQuduqqa tushib ketgan kuchuk bolasi
Quduqqa tushib ketgan kuchuk bolasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2022
Quduqqa tushib ketgan kuchuk bolasi
Qutqaruvchilar fuqaro va kuchukchani quduq ichidan olib chiqishdi.
Yangiliklar lentasi
0