Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Ayollar uchun eng foydali mahsulotlar

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrilavok s fruktami i ovoshami
Prilavok s fruktami i ovoshami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2022
Obuna bo‘lish
Nutritsiolog Juravleva: kivi, qovoq, ko‘k choy- ayollar uchun eng foydali mahsulotlardir.
Nutritsiolog Kristina Juravleva RIA Novostiga ayollar ratsioniga kiritishi zarur bo‘lgan mahsulotlarni ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kivi teri salomatligiga juda yaxshi ta’sir qiladi. Qovoq tarkibida esa andioksidant beta-karotin bor. Kollagen ishlab chiqish uchush mas’ul bo‘lgan Vitamin S bilan birgalikda qovoq qarish jarayonini sekinlashtiradi. Qovoq tarkibidagi yuqori miqdordagi kletchatka esa oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi. Bu ham teri holatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
“Ko‘k choyda saraton kasalligi hamda yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega polifenollar mavjud. Omega-3 va Omega-6 Polito‘yinmagan yog‘li kislotalar epiteliya hujayra membranalarini mustahkamlaydi. Qizil baliq esa ularning asosiy manbai hisoblanadi. Ushbu moddalar sabab teri elastiklashadi, ultrabinafsha nuri jarohatlari kamayadi. Bu esa o‘z o‘rnida teri ko‘rinishi va salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi”, deydi mutaxassis.
Nutritsiolog, shuningdek, avokado mevasining ham ayollar uchun foydali jihatlarini sanab o‘tdi. Avokado vaznni meyorlashtirishga yordam beradi, teridagi yara-chaqa, jarohatlarni tezda bitiradi, salomatligini yaxshilaydi. Bundan tashqari, avokado tarkibida kaliy, natriy, magniy, S, E, K1, B6 vitaminlari, folie kislotasi, niatsin, pantonen kislotasi ham bor. Yana bir foydali mahsulot zaytun yog‘ida esa A, D, E vitaminlari bo‘lib, D vitamini yallig‘lanishlarni oldini oladi, uyqu sifatini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, tushkunlik va uyqusizlikni davolaydi.
Yangiliklar lentasi
0