Rossiyada COVID-19 bemorlari bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin bekor qilindi

© Pixabay/Alexandra_KochOmikron
Omikron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada koronavirus tasdiqlangan kishilar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin bekor qilinishini 3-fevral kuni ma’lum bo‘lgan edi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiyada koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun o‘zini yakkalash tartibi bekor qilinmoqda. Rossiya bosh sanitar shifokorining tegishli qarori huquqiy axborot internet portalida e’lon qilingan.
Qarorning avvalgi matnidagi koronavirus bilan muloqot qilganlarning karantinda bo‘lish kerakligi to‘g‘risidagi bandi yangi qaror bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjat 6-fevraldan kuchga kiradi.
Rossiyada COVID-19ga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin bekor qilinishini Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova 3-fevral kuni ma’lum qilgan edi. U bu qarorni juda tez yuqadigan va ko‘pincha kasallik yengil va belgilarsiz o‘tadigan koronavirusning omikron shtammi tarqalishi bilan tushuntirgan edi. Yanvar oyida bunday kishilar uchun karantin ikki haftadan bir haftagacha qisqartirilgan edi.
O‘zbekiston hukumati ham 7-fevraldan boshlab omikron shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus tasdiqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning karantin muddatini 14 kundan 7 kungacha qisqartirishga qaror qilgan.

Mavzuga oid:

Moskvada COVID-19 bemorlarini davolash muddati qisqartirildi
Koronavirus o‘pka ichiga kirib olish xususiyatini yo‘qotdi - Popova
Yangiliklar lentasi
0