O‘zbek xurmosini asosan qaysi davlatlar sotib olmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishXurma, arxivnoe foto
Xurma, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2022
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xurmo eksporti 2020-yilga qaraganda 22,2 ming tonnaga kamaygan.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. 2021 yilda O‘zbekiston 12 xorijiy mamlakatga 75,2 ming tonna miqdorida xurmo eksport qildi. Eksport qiymati 34,4 mln dollarga teng bo‘ldi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Xurmo eksporti 2020-yilga qaraganda 22,2 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston eng ko‘p xurmoni Qozog‘istonga (38,2 ming tonna) va Rossiyaga (30,2 ming tonna) sotgan. Shuningdek, Turkmaniston (3,3 ming tonna), Qirg‘iziston (2,1 ming tonna), Ukraina (892 tonna) va Belarus (620 tonna) o‘zbek xurmosini xarid qilgan.
Xurmoni xorijga sotish bo‘yicha Farg‘ona (23,6 ming tonna) va Surxondaryo (19,2 ming tonna) viloyatlar yetakchi bo‘ldi. Toshkent viloyati 7,7 ming tonna, Qashqadaryo viloyati 4,2 ming tonna va Navoiy viloyati 4,2 ming tonna xurmoni xorijiy mamlakatlarga sotgan.
Jahon OAVlari o‘zbek xurmosi haqida nimalar yozmoqda
Yangiliklar lentasi
0