https://oz.sputniknews.uz/20220204/shavkat-mirziyoev-pekinga-etib-keldi-22536240.html
Shavkat Mirziyoyev Pekinga yetib keldi
Shavkat Mirziyoyev Pekinga yetib keldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Pekin shahridagi "Qush uyasi" milliy stadionida bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi. 04.02.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-02-04T09:36+0500
2022-02-04T09:36+0500
2022-02-04T09:38+0500
pekin-2022: qishki olimpiada kundaligi
shavkat mirziyoyev
pekin
olimpiya o‘yinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/04/22535714_0:51:982:603_1920x0_80_0_0_2834e108f8986eb75ca840a436f88f0c.jpg
TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Pekin 2022" qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekinga yetib keldi.Xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi. Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadioni bo‘lib o‘tadigan XXIV Qishki Olimpiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.Shuningdek, prezident tashrifi dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.Ma’lumot uchun, Xitoy rahbari Si Szinpin 4—6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o‘tkazadi.Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bor.Eslatib o‘tamiz, XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022-yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiada O‘zbekiston sharafini 24 yoshli tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev himoya qiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/04/22535714_55:0:927:654_1920x0_80_0_0_c7e146212cef74b440c167a4578b8876.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pekin-2022: qishki olimpiada kundaligi, shavkat mirziyoyev, pekin, olimpiya o‘yinlari
pekin-2022: qishki olimpiada kundaligi, shavkat mirziyoyev, pekin, olimpiya o‘yinlari
Shavkat Mirziyoyev Pekinga yetib keldi
09:36 04.02.2022 (yangilandi: 09:38 04.02.2022) O‘zbekiston prezidenti Pekin shahridagi "Qush uyasi" milliy stadionida bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi.
TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Pekin 2022" qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekinga yetib keldi.
Xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadioni bo‘lib o‘tadigan XXIV Qishki Olimpiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Shuningdek, prezident tashrifi dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Xitoy rahbari Si Szinpin 4—6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o‘tkazadi.
Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bor.
Eslatib o‘tamiz, XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022-yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiada O‘zbekiston sharafini 24 yoshli tog‘ chang‘ichi Komiljon To‘xtayev himoya qiladi.