https://oz.sputniknews.uz/20220204/rossiyalik-bloger-buxoroda-kvadrokopter-bilan-ushlandi--22537549.html
Rossiyalik bloger Buxoroda kvadrokopter bilan ushlandi
Rossiyalik bloger Buxoroda kvadrokopter bilan ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqarosi qo‘l yukida kvadrokopter topilgani sabab, vaqtinchalik ushlangan va Buxoroda yashab turgan xonadoniga joylashtirilgan. 04.02.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-02-04T11:01+0500
2022-02-04T11:01+0500
2023-04-05T18:36+0500
hodisalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/04/22537521_0:152:1440:962_1920x0_80_0_0_fa2c6149d02628c4b73743c71f897ff3.jpg
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiyalik sayohatchi bloger Maksim Limar 2-fevral kuni Buxorodan Novosibirskka uchib ketish vaqtida, aeroport chegara nazorati xodimlari tomonidan ushlandi.Sabab - uning qo‘l yukida kvadrokopter topilgani bo‘lgan. Rossiya fuqarosi vaqtinchalik ushlangan va u o‘zi yashab turgan xonadonga joylashtirilgan. Ayni damda vakolatli organlar tomonidan kvadrokopterning og‘irligi va o‘lchamlari ekspertiza qilinmoqda.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, noqonuniy uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash, sotish yoki ulardan foydalanish uchun – 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2015-yilda respublika hududiga og‘irligi 2 tonnagacha bo‘lgan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, sotish, saqlash va foydalanishni ta’qiqlovchi qonun qabul qilingan.2016 yidan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan.2019 yilning noyabr oyidan boshlab esa O‘zbekiston qonunchiligida uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash, sotish va foydalanish uchun 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/04/22537521_0:264:1440:1344_1920x0_80_0_0_24df94a944a0fd4b81db4ec83c875e42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , rossiya
Rossiyalik bloger Buxoroda kvadrokopter bilan ushlandi
11:01 04.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Rossiya fuqarosi qo‘l yukida kvadrokopter topilgani sabab, vaqtinchalik ushlangan va Buxoroda yashab turgan xonadoniga joylashtirilgan.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiyalik sayohatchi bloger Maksim Limar 2-fevral kuni Buxorodan Novosibirskka uchib ketish vaqtida, aeroport chegara nazorati xodimlari tomonidan ushlandi.
Sabab - uning qo‘l yukida kvadrokopter topilgani bo‘lgan. Rossiya fuqarosi vaqtinchalik ushlangan va u o‘zi yashab turgan xonadonga joylashtirilgan. Ayni damda vakolatli organlar tomonidan kvadrokopterning og‘irligi va o‘lchamlari ekspertiza qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, noqonuniy uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash, sotish yoki ulardan foydalanish uchun – 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
“Rossiya elchixonasi Limar va O‘zbekiston huquqni saqlash organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turmoqda va vaziyat imkon qadar tezroq hal bo‘lishiga va fuqaroning uyiga qaytishidan umid qilmoqda”, - deyilan elchixona xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2015-yilda respublika hududiga og‘irligi 2 tonnagacha bo‘lgan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, sotish, saqlash va foydalanishni ta’qiqlovchi qonun qabul qilingan.
2016 yidan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan.
2019 yilning noyabr oyidan boshlab esa O‘zbekiston qonunchiligida uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash, sotish va foydalanish uchun 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan.