Rossiya internet-diktatura o‘rniga davlat boshqaruvi o‘rnatishga kirishdi

© Sputnik / Maksim BlinovSotsialnie seti na ekrane smartfona
Sotsialnie seti na ekrane smartfona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Google, Meta, Twitter, TikTok kabi IT-gigantlarni Rossiya hududida vakolatxona ochib davlat nazoratiga kirituvchi qonun qabul qildi.
“Internet-texnologiyalar markazi” ROTSIT tomonidan o‘tkzailgan sotsiologik so‘rovga ko‘ra, aksariyat rossiyaliklar yaqinda qabul qilingan IT-gigantlarni "yerga tushirish” to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab quvvatlashgan.
Ushbk “yerga tushirish” atamasi ostida juda oddiy tushuncha yotadi. Gap shundagi, Rossiyada faoliyat olib borayotgan yirik xorijiy IT kompaniyalar, ya’ni Sahifasiga kuniga 500 mingdan ortiq rossiyaliklar kiradigan internet-manbaalar, o‘z faoliyatini davlat bilan hamkorlik qiladigan va davlat tomonidan nazorat qilish imkonini beradigan shaklda olib borishi kerak.
Buning uchun IT-gigantlar Rossiyada o‘z vakolatxonalarini ochishlari, Roskomnadzor sahifasida shaxsiy kabinet ro‘yxatdan o‘tkazishi va rus tilida murojaat qilish mumkin bo‘lgan onlayn shakl yuritishlari va yana bir qator talablarni bajarishlari kerak.
Bugungi kunda ushbu qonun ta’siri ostiga 13ta yirik kompaniya tushggan. Ular orasida barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Google, Meta, Twitter, TikTok va boshqalar bor.
O‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning deyarli yarmi (47,9 %) ushbu qonunni qo‘llab-quvvatlagan, 22,5 % — qarshi bo‘lgan va uchdan biri – (29,6 %) svaolga javob berishga qiynalgan. Eng so‘nggi raqam juda qiziq, biz u haqida keyinroq to‘xtalib o‘tamiz.
Yangi qonun tafsilotlariga kelsak, bu sohada jamoatchilik uni ko‘p jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.
67% respondentlar IT-Gigantlar qonun talablariga javob bermagan holda javobgarlikka tortilishiga rozi bo‘lgan;
55 % Rossiyada vakolatxona ochish talabini qo‘llab-quvvatlashgan;
58 % Roskomnadzor sahifasida rus tilida murojaat qilish uchun onlayn shakllar bo‘lish kerakligi haqidagi talabini olqishlashgan.
Aslida ushbu raqamlarda hech kanday surpriz yo‘q. So‘rov raqamlari so‘nggi o‘n yillar davomida internet evolyutsiyasini va uni jamoatchilik tomonidan qabul qilinishini namoyish qilmoqda. Ushbu fikr nafaqat Rossiya jamoatchiligi balkim butun dunyo jamoatchiligi uchun haqlidir.
So‘nggi 15-20 yil ichida global Internet tarmog‘ining rivojlanish trendlarida keskin o‘zgarish bo‘ldi va unga nisbatan odamlarning qarashlari ham o‘zgardi.
2000 yillar boshida Internet ommaviy fenomenga aylangan edi va uning eng asosiy yutuqlaridan biri keng ma’noda erkinlik edi. Internet hatto davlat nazorati va boshqaruvini ham tan olmas edi. U vaqtlar davlatning internetga har qanday aralashuvi jamoatchilik tomonidan keskin va negativ qabul qilinar – insonning eng asosiy erkinliklariga tajovuzdek ko‘rinar edi.
Hozir bo‘lsa u vaqtlarni va ommaviy soddalikni eslashning o‘zi biroz g‘alati, chunki kelajak Internetning xunuk tomonlarini ochib berdi.
Ayrimlar o‘sha vaqtdayoq davlat nazoratisiz internet mutlaq erkinlik hududidan mutlaq anarxiya va jungli qonunlari asosida yashovchi kriminal hududga aylanib ketishidan xavotir bildirishgan edi.
Haqiqat esa, yanada mudhishroq bo‘lib chiqdi. Anarxiya emas, haqiqiy diktatura paydo bo‘ldi. Davlat diktaturasi emas xususiy kompaniyalar diktaturasi.
So‘nggi yillarda odamla ko‘z o‘ngida biznes-totalitarizm davlat nazoratidan ko‘ra ko‘proq xavfli ekaniga amin bo‘lishdi. Faqat bir narsa bizni tinchlantirishi mumkin – bularning hammasi yengilroq kechmoqda, chunki hayotimizning real emas virtual qismiga taaluqli.
Lekin bu - baribir og‘riqli va ta’sirli bo‘ldi.
Liberal radikalizm, keskin ideologik senzura, ma’qul kelmaganlarning og‘zini yopish yoki butunlay o‘chirib tashlash, aksariyati yozilmagan va yo‘l-yo‘lakay o‘zgartiriladigan qoidalar, repressiv mexanizmlarning robotlashtirilgani, har qanday tashqi nazorat dastaklarining yo‘qligi – bularing barchasi ijtimoiy tarmoq hayoti uchun odatiy holga aylandi.
Ijtimoiy tarmoqlar dastlab siyosiy sabablarga ko‘ra “tozalangan” bo‘lsa, hozirgi kunda nazorat qilinmaydigan birorta ham soha qolmadi. Hoh u taom pishirish bo‘lsin, mushukchalar, moda, fan, psixologiya – xullas IT-gigantov nazaridan yashirinib oladigan biror joy qolmagan. Siz yashab turgan davlatingizning biror qonun qoidasini buzmasangiz ham, aytgan gapingiz, ko‘rsatgan suratingiz yoki qilgan ishingiz uchun jazolashlari mumkin, chunki siz ularning platformasidasiz.
Sizni juda kam yoki juda ko‘p postlar chiqarayotganingiz uchun jazolashlari mumkin.
O‘tmishda ko‘p sonli antiutopiya tarafdorlari kelajakdagi davlat totalitarizmi haqida qo‘rqinchli voqealar aytib berishardi, aslida bo‘lsa qo‘rqinchili kelajak transmilliy biznes tomonidan keldi.
Bugun tobora ko‘p kishilar ushbu fenomenga duch kelishmoqda va uning xavfini anglab yetishmoqda. Aynan shu sababli, so‘rovda ko‘pchillik Rossiyada daromad olayotgan xorijiy IT-korporatsiyalar ustidan nazorat o‘rnatish mexanizmlarini yoqlagan.
Facebook, Youtube, TikTok va boshqa maxsus platformalar haligacha o‘z foydalanuvchilari ustidan mutlaq nazorat o‘rnatish g‘oyasidan voz kechishgani yo‘q. Ular ushbu yo‘nalishda shu qadar andishasiz harakat qilishmoqda-ki, haligi so‘rovda ovoz berishga qiynalgan 30% respondentlar tez orada davlat siyosati tarafdorlari qatoriga qo‘shiladi.
Yangiliklar lentasi
0