Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Qozog‘iston aeroportiga favqulodda qo‘ndi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishDalnemagistralniy shirokofuzelyajniy passajirskiy samolet Airbus A350-900 aviakompanii "Aeroflot"
Dalnemagistralniy shirokofuzelyajniy passajirskiy samolet Airbus A350-900 aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2022
Obuna bo‘lish
“Sankt-Peterburg-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyot Qozog‘iston aeroportga favqulodda qo‘ndi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. “Sankt-Peterburg-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha parvozni (AFL-2870 reys) amalga oshirgan “Aeroflot” kompaniyasiga qarashli samolyot Qozog‘iston aeroportiga favqulodda qo‘ndi.
Bortida 56 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 10:56da Qizilo‘rda aeroportiga qo‘ndi.
Ma’lum qilinishicha, favqulodda qo‘nish yo‘lovchilardan biriga — O‘zbekiston fuqarosiga tezkor tibbiy yordam kerak bo‘lib qolgani sabab amalga oshirilgan. Ayolda yurak xastaligi bo‘lgan.
Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Havo kemasi aeroportga qo‘nishni amalga oshirilgandan so‘ng, yo‘lovchini tez yordam mashinasi olib ketdi va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga joylashtirildi.
Toshkent vaqti bilan soat 12:20da 55 nafar yo‘lovchi bilan samolyot Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
Yangiliklar lentasi
0