Pekindagi katta siyosiy o‘yinlar: Olimpiada ochilishiga kimlar keladi

© REUTERS / Phil Noble Chelovek v zashitnom kostume v Mejdunarodnom aeroportu Pekina
Chelovek v zashitnom kostume v Mejdunarodnom aeroportu Pekina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2022
Obuna bo‘lish
Ertaga Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Voqea nafaqat sportga oid, balki siyosiy hamdir. O‘yinlar xalqaro eng muhim tadbirga aylanib bo‘lgan.
G‘arb 1980-yilda Moskva Olimpiadasiga uyushtirgan boykot O‘yinlarni geosiyosiy kurashdagi to‘laqonli vositaga aylantirgan, boykotga javoban esa sportchilarimiz Los-Anjelesdagi navbatdagi O‘yinlarga borishmadi.
Bu asrda shunga o‘xshash amaliyot qaytda, garchi gap umumiy boykot haqida bormayotgan bo‘lsada, ya’ni musobaqalardagi ishtirokdan sportchilarning emas, balki diplomatlarning bosh tortishi. Biroq, avvalgidek, bunday usullardan aynan G‘arb foydalanadi.
Avvaliga 2008-yildagi Pekin yozgi Olimpiadasini boykot qilishga urinishdi, keyin Sochi-2014 qishki O‘yinlarni. Hozir Pekin Olimpiadasini ham diplomatik yo‘l bilan jazolashga urinishdi: dekabr boshida AQSh boykot e’lon qildi va dunyo mamlakatlarini uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Bahona yangi emas – Xitoyda inson huquqlari buzilishi, ayniqsa "Shinjondagi genotsid". Amerika jamoasi boz ustiga eng yirigi, lekin Amerika rasmiylari marosimda qatnashishmaydi.
Kimlar keladi – umuman boykot e’lon qilish qo‘ldan keldimi?
Asosiy xorijiy mehmon Vladimir Putin bo‘ladi, Pekinda uning ikki yil ichidagi Si Szinpin bilan birinchi yuzma-yuz muzokaralari ham bo‘lib o‘tadi. Xitoy yetakchisi bu vaqt mobaynida mamlakat tashqarisiga chiqmadi, lekin xorijiy delegatsiyalarning tashrifi faqat bu sababga ko‘ra muhim emas: butun dunyoga Amerika boykoti ish bermaganini ko‘rsatish darkor.
Shtatlarga, haqiqatdan, pandemiya yordam berapti, u tufayli tashriflar va oliy darajadagi uchrashuvlar shundoq ham kamaytirilgan. Oxir-oqibat kim Xitoyga kelishini ko‘rish qiziqarliroq. Boz ustiga O‘yinlar ochilish marosimidagi yuqori martabali ishtiroklar soni bo‘yicha rekord Xitoy poytaxtiga tegishli: 2008-yil 8-avgust kuni Pekin Milliy stadionida qariyb yetmish nafar chet ellik yetakchilar to‘plangandi.
Ular 75 nafar edi deb hisoblashadi, biroq bu raqam barcha xorijiy delagatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida bosh vazir boshchilik qilganlari ham bordi. Prezidentlar, bosh vazirlar, qirol va qirol oilasi a’zolari (merosxo‘r shahzodalar va shunchaki shahzodalar) 66 nafar edi, hozir esa 23 kishi keladi. Uch baravar kam. Bu Amerika boykotining muvaffaqiyati emasmi axir?
Yo‘q, chunki Pekin-2008 va Pekin-2022 o‘rtasida katta farq bor.
Birinchidan, O‘yinlar ko‘lami: yozgi O‘yinlarda 205 ta mamlakat qatnashgan bo‘lsa, qishkisida 91 tasi qatnashadi. Hozir Afrika deyarli qatnashmayapti, atigi beshta terma jamoa keladi. 2008-yilgi yozgi O‘yinlarda esa ular soni qirqta edi. Jamoalar yo‘q bo‘lsa, demak yetakchilar ham yo‘q.
2008 yil Pekinga o‘n bir nafar Afrika davlat rahbarlari uchib kelishgan, hozir faqat bitta bo‘ladi. Okeaniya ham yo‘q: yozgi O‘yinlarda u yerdan besh yetakchi kelgandi, Tinch okeani orollarida qishki sport turlari rivojlanmagan.
Ikkinchidan, koronavirus cheklovlari har qanday holatda mamlakatlar rahbarlarining boshqa yerga borishiga ta’sir ko‘rsatadi (terma jamoalarning ham: masalan, KXDR, Xitoy qo‘shnisi, O‘yinlarda qatnashishdan umuman bosh tortdi).
Uchinchidan, boykot, albatta, o‘z rolini o‘ynadi. Ammo qaysi? 2008-yilda, aytgancha, unga urinishlar bo‘lgandi, biroq uni atigi bir necha davlat qo‘llab-quvvatladi. Ular orasida Avstriya, Polsha, Chexiya va Estoniya bor.
Hozir bu ro‘yxatdan faqat eston yigitlari o‘zlariga sodiq qolishdi (chexlar shundoq ham Xitoy bilan Tayvan bilan o‘ynashib munosabatlarini buzib bo‘lishgan), polyaklar, masalan, nafaqat AQSh yonini olishmadi, balki O‘yinlarga mamlakat boshchiligidagi delegatsiyani jo‘natishdi.
Amerika diplomatik boykotiga Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya qo‘shildi, ya’ni butun anglosak dunyosi. Yevropaliklardan faqat Belgiya, Niderlandiya, Daniya va Litva qo‘shildi. Bu bilan boykor e’lon qilganlar ro‘yxati yakunlanadi. Bir so‘z bilan, agar anglosaklar o‘zlarining geosiyosiy yolg‘izliklarini namoyish qilmoqchi bo‘lishgan bo‘lsa, buning ustidan a’lo darajada chiqishdi.
Ayrim yevropaliklar, albatta, yaxshi buzoq bo‘lib ikki onani emishga urinishmoqda, ayniqsa, Fransiyaning kulgili ravishdagi xatti-harakatlari. Prezident Makron avvaliga diplomatik boykotni samarasiz deb atadi va O‘yinlarni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi.
Biroq yakunda ochilish marosimiga fransuz delegatsiyasining kelishi borasida hammasi ham oydin emas: yakshanba kuni Parij "O‘yinlarda sport vazir-delegati Roksana Marasinyanu qatnashishini ma’lum qildi. Ehtimol, u ochilish marosimida bo‘lmaydi, ammo Olimpiada vaqtida sportchilarimizni qo‘llash uchun boradi". Ya’ni Parij boykotga qo‘shilmadi, lekin marosimda qatnashishdan o‘zini tiydi.
Umuman Yevropa o‘xshash formulaga keldi – na bizniki na sizniki: boykotni ma’qullamaymiz, lekin oliy darajadagi delegatsiyani yubormaymiz.
2008 yil Pekindagi marosimda 27 nafar yevropalik rahbarlar (jumladan, shahzodalar) bo‘lishgan. Hozir esa atigi to‘rt, YeIga kirmaydigan Serbiya hamda Bosniya va Gersegovinani inobatga olgan holda.
Shu bilan birga Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan oliy darajada Polshadan tashqari boshqalar ham bo‘lishadi: olimpiya harakati bilan chambarchas bog‘langan Lyuksemburg hukmdori buyuk gersogi Anri Pekinga uchib kelgan. Uning, Pekinga kelgan Monako knyazi Alber II ham, anglosaklar nog‘orasida o‘ynashining hojati yo‘q.
Lotin Amerikasidan Argentina va Ekvador prezidentlari bo‘lishadi, Osiyodan ko‘proq oliy mehmonlar kelishadi va bu dunyoning yangi suratini aks ettiradi.
Pokiston bosh vaziri, Kamboja qiroli va Singapur prezidenti, Mo‘g‘iliston bosh vaziri va Tailand malikasidan (qirol hech qachon mamlakatni tark etmaydi) tashqari arab dunyosi mamlakatlarining asosiy yetakchilari ham kelishadi. Xususan, Misr prezidenti Sisi, Qatar amiri, Saudiya Arabsitoni va Birlashgan Arab Amirliklari merosxo‘r shahzodalari kelishadi.
Anglosakcha Xitoyga qarshi progaganda islom dunyosiga kam ta’sir qiladi.
Insoniyatning bu bir yarim milliardlik qismi katta diqqat bilan Yevroosiyo hududida ro‘y berayotgan voqealarni, Pekin va Moskvani kuzatishadi. Dunyo tarixi yozilishini na qamal va izolyatsiya, na Xitoy va Rossiyaga qarshi propaganda tutib qola oladi: G‘arb ketmoqda, Sharqning tongi yorishmoqda.

Mavzuga oid:

Putin: Olimpiadani boykot qilish bu katta xato
AQSh Moskva va Pekinga saboq berdi
Buzuqlar jamoasi Olimpiadada g‘alaba qozonishni istamoqda
Mirziyoyev Pekin-2022 Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi
AQSh rasmiylari Pekindagi Olimpiya o‘yinlariga borishmaydi: XOQ va Xitoy munosabati
Yangiliklar lentasi
0