Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari mash’alasi estafetasi – video

Obuna bo‘lish
2 fevral kuni Pekindagi Olimpiya shaharchasining janubiy darvozasida qishki Olimpiya o‘yinlari mash’alasining birinchi bosqich estafetasi boshlandi.
3 fevral kuni mash’ala Olimpiya o‘yinlarining ayrim sport turlari o‘tadigan Yansin shaharchasiga yetib boradi.
Mash’alani Pekin bo‘ylab olib o‘tish estafetasining uchinchi bosqichi Chjanszakou shaharchasida bo‘lib o‘tadi. 4-fevral kuni mash’ala XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi tashkil etiladigan "Qush uyasi" stadioniga yetkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022-yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.Xitoy raisi Si Szinpin taklifiga binoan, Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
Komiljon To‘xtayev Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi bo‘yicha mamlakat sharafini himoya qiladi. U 13-fevral kuni gigant slalom, 16-fevralda esa slalom dasturida o‘z chiqishini namoyish etadi.
Yangiliklar lentasi
0