O‘zbekiston olimpiya delegatsiyasining sport kiyimlari namoyish etildi – foto

Obuna bo‘lish
Qishki Olimpiya o‘yinlari uchun O‘zbekiston delegatsiyasining ekipirovkasi namoyish etildi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlari uchun O‘zbekiston delegatsiyasining ekipirovkasi taqdimotini o‘tkazdi.
© Press-slujba NOK Uzbekistana

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining kiyimlari

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining  kiyimlari - Sputnik O‘zbekiston
1/3

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining kiyimlari

© NOK Uzbekistana

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining kiyimlari

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining  kiyimlari - Sputnik O‘zbekiston
2/3

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining kiyimlari

© Press-slujba NOK Uzbekistana

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining kiyimlari

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining  kiyimlari - Sputnik O‘zbekiston
3/3

O‘zbekiston olimpiya sportchilarining kiyimlari

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasini sport kiyimlari bilan ta’minlagan 7SABER kompaniyasi bilan hamkorlik davom etadi.
Brend Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari uchun O‘zbekiston delegatsiyasiga tayyorlagan kiyimlarini taqdim qildi.
Brend asoschisi va bosh direktori Oraz Abdurazakovning so‘zlariga ko‘ra, kiyimlar sifatli va zamonaviy ko‘rinish olishi uchun kompaniya bor imkoniyatlarini ishga soldi. Tokio-2020 Olimpiadasi uchun tayyorlagan namunalar ko‘plab muxlislarida iliq taassurot qoldirgan edi.
“Umid qilamizki, bu gal ham biz ularning ishonchini qozona oldik. Yozgi Olimpiya o‘yinlari vaqtida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ekipirovka uchun davlat budjetidan kompaniyamizga qancha pul ajratilgani haqidagi mavzu juda ko‘p muhokama qilingan edi. Rasman ma’lum qilishim mumkinki, 7SABER buning uchun hech qanday pul olmagan. Gap shundaki, O‘zbekistonda ham xuddi dunyoning ko‘plab davlatlarida bo‘lgani kabi MOQning rasmiy hamkorlari delegatsiyaga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bilasizmi, Olimpiya o‘yinlari haqida gap ketganda pul yoki moddiy manfaatdorlik katta ahamiyat kasb etmaydi. 7SABER ikkinchi bor mamlakatimiz Olimpiya delegatsiyasiga homiylik qilayotgani biz uchun katta sharaf. Ishonamanki, ushbu hamkorligimiz uzoq davom etadi”, – dedi brend asoschisi Oraz Abdurazakov.
Olimpiya o‘yinlarida Komiljon To‘xtayev tog‘ chang‘isining slalom va gigant slalom dasturlarida respublika sharafini himoya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0