https://oz.sputniknews.uz/20220203/markaziy-osiyodagi-blekaut-tekshiruv-davom-etmoqda-qozogiston-energetika-vaziri-22522999.html
Markaziy Osiyodagi blekaut: tekshiruv davom etmoqda - Qozog‘iston energetika vaziri
Markaziy Osiyodagi blekaut: tekshiruv davom etmoqda - Qozog‘iston energetika vaziri
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyodagi “blekaut”: sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov.
2022-02-03T14:24+0500
2022-02-03T14:24+0500
2022-02-03T14:24+0500
dunyoda
qozog‘iston
o‘zbekiston
markaziy osiyo
elektr energiyasi
uzilishlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/01/22481878_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_9bf3404125093d59ad7ba958f5b4d67c.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Markaziy Osiyodagi “blekaut”: sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov.U Markaziy Osiyodagi ommaviy elektr energiyasining uzilishini “g‘ayrioddiy voqea” deb atadi: energetika sanoati bunday voqea bo‘lganini eslay olmaydi.25 yanvar kuni Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotida katta uzilish yuz berdi. Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi 28-yanvar kuni avariyaga O‘zbekistondagi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi.Kompaniyaning xabariga ko‘ra, 2022-yil 25-yanvar kuni soat 11:59 da qisqa tutashuv tufayli Sirdaryo IESdagi 6ta energoblok birdaniga o‘chirildi. Umumiy elektr energiyasining ishlab chiqarilishidagi yo‘qotilishi 1500 MVt dan oshdi.Hukumat komissiyasiElektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi. Shavkat Mirziyoyev tegishli topshiriqni berdi.Birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali iste’molchilarning elektr ta’minotini tiklash vazifasi qo‘yildi.Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir bo‘lgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.Markaziy Osiyodagi blekaut25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi ta’minoti uzilgandi.Qozog‘iston elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston va atrof hududlarida elektr energiyasi ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganini ma’lum qilindi.27 yanvar kuni soat O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/01/22481878_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_a66f1119048c1189dc0550ccec6db660.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
blekaut markaziy osiyodagi “blekaut” tekshiruv avariya sabablari qozog‘iston energetika vaziri
blekaut markaziy osiyodagi “blekaut” tekshiruv avariya sabablari qozog‘iston energetika vaziri
Markaziy Osiyodagi blekaut: tekshiruv davom etmoqda - Qozog‘iston energetika vaziri
Markaziy Osiyodagi “blekaut”: sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda - Qozog‘iston energetika vaziri.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Markaziy Osiyodagi “blekaut”: sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov.
“Birovni ayblash hali erta, chunki komissiya hozir o‘z ishini olib bormoqda”, — dedi u.
U Markaziy Osiyodagi ommaviy elektr energiyasining uzilishini “g‘ayrioddiy voqea” deb atadi: energetika sanoati bunday voqea bo‘lganini eslay olmaydi.
25 yanvar kuni Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotida katta uzilish yuz berdi. Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi 28-yanvar kuni avariyaga O‘zbekistondagi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Kompaniyaning xabariga ko‘ra, 2022-yil 25-yanvar kuni soat 11:59 da qisqa tutashuv tufayli Sirdaryo IESdagi 6ta energoblok birdaniga o‘chirildi. Umumiy elektr energiyasining ishlab chiqarilishidagi yo‘qotilishi 1500 MVt dan oshdi.
Elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi. Shavkat Mirziyoyev tegishli topshiriqni
berdi.Birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali iste’molchilarning elektr ta’minotini tiklash vazifasi qo‘yildi.
Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir bo‘lgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.
Markaziy Osiyodagi blekaut
25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi ta’minoti
uzilgandi.Qozog‘iston elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston va atrof hududlarida elektr energiyasi ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganini
ma’lum qilindi.27 yanvar kuni soat O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti
to‘liq tiklandi.