https://oz.sputniknews.uz/20220203/lukashenko-mashqlarida-ishtirok-etayotgan-barcha-harbiy-texnikani-sotib-olishga-qaror-qildi-22523818.html
Lukashenko mashqlarida ishtirok etayotgan barcha harbiy texnikani sotib olishga qaror qildi
Lukashenko mashqlarida ishtirok etayotgan barcha harbiy texnikani sotib olishga qaror qildi
Sputnik O‘zbekiston
NATO va Ukraina o‘zini tutishidan kelib chiqqan holda bu juda muhim - Lukashenko. 03.02.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-02-03T15:00+0500
2022-02-03T15:00+0500
2023-04-05T18:36+0500
dunyoda
belarus
s-400
taktik o‘quv mashg‘ulotlari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22523777_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_3a753b45e9bb027561ef2fa0457c8e9c.jpg
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ittifoq qo‘shinlari o‘quv-mashqlarida ishtirok etayotgan barcha harbiy texnikani sotib olishga qaror qilganini ma’lum qildi.“NATO va Ukraina o‘zini tutishidan kelib chiqqan holda – bu juda muhim”, - deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Belarus va Rossiya harbiy o‘quv-mashqlarida ishtirok etish uchun qo‘shni davlat hududiga Rossiyada S-400 strategik zenit-raketa majmuasining bir necha divizionlari olib kelingan edi.Ittifoqchilik harbiy o‘quv mashqlarining birinchi bosqichi 9-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda Belarus hududida qo‘shinlarni qayta joylashtirish amalga oshiriladi. “Ittifoq qat’iyati” nomli ikkinchi bosqich 10-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi va unda ikki davlat qo‘shinlari birgalikda terrorchilik va tashqi xavflarga qarshi turishni o‘rganishadi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22523777_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_6f6dc365a26809a144038e3b5afb7617.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, belarus, s-400, taktik o‘quv mashg‘ulotlari , rossiya
dunyoda, belarus, s-400, taktik o‘quv mashg‘ulotlari , rossiya
Lukashenko mashqlarida ishtirok etayotgan barcha harbiy texnikani sotib olishga qaror qildi
15:00 03.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) NATO va Ukraina o‘zini tutishidan kelib chiqqan holda bu juda muhim - Lukashenko.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ittifoq qo‘shinlari o‘quv-mashqlarida ishtirok etayotgan barcha harbiy texnikani sotib olishga qaror qilganini ma’lum qildi.
“Biz Rossiyadan Belarusga juda ko‘p texnika olib kelganimizni hamma ko‘rdi, jumladan zamonaviy texnika ham... Bizning harbiylarimiz ham ushbu texnikani nafaqat suratda ko‘rishi, balkim qo‘l bilan ushlab ko‘rishlari, qardosh rossiyaliklar bilan birga ushbu texnikadan foylanishni o‘rganishi juda muhim. Chunki bu yerga olib kelingan barcha harbiy texnikani biz sotib olishni rejalashtirmoqdamiz. Keyingi yilda ham va undan keyin ham”, - dedi Lukashenko Rossiya mudofaa vaziri Sergey shoygu bilan bo‘lgan uchrashuvda.
“NATO va Ukraina o‘zini tutishidan kelib chiqqan holda – bu juda muhim”, - deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Belarus va Rossiya harbiy o‘quv-mashqlarida ishtirok etish uchun qo‘shni davlat hududiga Rossiyada S-400 strategik zenit-raketa majmuasining bir necha divizionlari olib kelingan edi.
Ittifoqchilik harbiy o‘quv mashqlarining birinchi bosqichi 9-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda Belarus hududida qo‘shinlarni qayta joylashtirish amalga oshiriladi. “Ittifoq qat’iyati” nomli ikkinchi bosqich 10-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi va unda ikki davlat qo‘shinlari birgalikda terrorchilik va tashqi xavflarga qarshi turishni o‘rganishadi.