https://oz.sputniknews.uz/20220202/xtv-rus-tili-oqituvchilari-22505070.html
XTV rus tili o‘qituvchilarini firibgarlardan ogohlantirdi
XTV rus tili o‘qituvchilarini firibgarlardan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar, xususan Telegram’dagi kanallarda rus tili o‘qituvchilaridan ma’lum miqdordagi pul evaziga TRKI imtihoni o‘tkazib, TRKI S1 sertifikatini va’da qilish hollari uchramoqda.
2022-02-02T15:53+0500
2022-02-02T15:53+0500
2022-02-02T15:53+0500
jamiyat
firibgarlik
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
rus tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/11/22228719_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_83429a3998b243ad9e442360df6be25c.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi o‘zbek va qardosh tillarda dars beriladigan maktablarda dars beradigan rus tili fani o‘qituvchilariga murojaat qildi.Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar, xususan, Telegram’dagi “S1 vmeste s MGU” kabi kanallarda rus tili o‘qituvchilaridan ma’lum pul evaziga TRKI imtihoni o‘tkazib, TRKI S1 sertifikatini va’da qilish hollari uchramoqda. Bu borada rus tili o‘qituvchilaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.Bu murojaatlarni o‘rganish maqsadida vazirlik M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining (MGU) Toshkent shahridagi filiali bilan bog‘langan. Universitet esa bunday tadbirlarga hech qanday aloqasi yo‘qligi va bu ma’lumot yolg‘on ekanini bildirgan.OTMga kirish uchun chet tilidan ham majburiy imtihon topshiriladiTa’kidlanishicha, universitet sertifikatsion imtihonlarni o‘zining Toshkent filialida joriy yilning mart oyidan boshlab o‘tkazishni rejalashtirgan.Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-fevraldan boshlab S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama berish belgilangan. Ustama 2-yil davomida to‘lanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/11/22228719_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_be58e63b323c6ba8d14da7354f748a08.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xtv rus tili o‘qituvchilari ustama trki s1 sertifikati sertifikat olish firibgarlardan ehtiyot bo‘lish
xtv rus tili o‘qituvchilari ustama trki s1 sertifikati sertifikat olish firibgarlardan ehtiyot bo‘lish
XTV rus tili o‘qituvchilarini firibgarlardan ogohlantirdi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallarda o‘qituvchilarga pul evaziga S1 sertifikatini olib berishni va’da qilish hollari uchramoqda.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi o‘zbek va qardosh tillarda dars beriladigan maktablarda dars beradigan rus tili fani o‘qituvchilariga
murojaat qildi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar, xususan, Telegram’dagi “S1 vmeste s MGU” kabi kanallarda rus tili o‘qituvchilaridan ma’lum pul evaziga TRKI imtihoni o‘tkazib, TRKI S1 sertifikatini va’da qilish hollari uchramoqda. Bu borada rus tili o‘qituvchilaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Bu murojaatlarni o‘rganish maqsadida vazirlik M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining (MGU) Toshkent shahridagi filiali bilan bog‘langan. Universitet esa bunday tadbirlarga hech qanday aloqasi yo‘qligi va bu ma’lumot yolg‘on ekanini bildirgan.
Ta’kidlanishicha, universitet sertifikatsion imtihonlarni o‘zining Toshkent filialida joriy yilning mart oyidan boshlab o‘tkazishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-fevraldan boshlab S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama
berish belgilangan. Ustama 2-yil davomida to‘lanadi.