Qozog‘istonda yuk poyezdi yo‘ldan chiqib ketdi

© ZTB QazaqstanSxod gruzovix vagonov na uchastke Moyinti-Sarishagan
Sxod gruzovix vagonov na uchastke Moyinti-Sarishagan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda bug‘doy ortilgan yuk poyezdining 12ta vagoni yo‘ldan chiqib ketdi. Olma-Ota, Chimkent, Pavlodar, Nur-Sulton va Uralsk yo‘nalishlarida poyezdlar jadavaldan kechikib harakatlanmoqda.
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida yuk poyezdining 12ta vagoni yo‘ldan chiqib ketdi deb xabar qilmoqda "NK "Qazaqstan temіr joli" AJ.
© ZTB QazaqstanSxod gruzovix vagonov na uchastke Moyinti-Sarishagan
Sxod gruzovix vagonov na uchastke Moyinti-Sarishagan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Sxod gruzovix vagonov na uchastke Moyinti-Sarishagan
Avariya 1-fevral kuni soat 13:55da sodir bo‘lgan. Poyezd bug‘doy olib ketayotgan bo‘lgan. Uning yo‘ldan chiqib ketishi sababi - vagonning yon ramasi sinib ketishi, - deyilgan rasmiy xabarda.
Baxtsiz hodisa oqibatida 12ta vagon yo‘ldan chiqib ketgan. Ayni damda Sari-Shagan, Shu va Balxash bekatlarining qurilish poyezdlari avariya oqibatlarini bartaraf qilishmoqda.
Shuningdek, Olma-Ota, Chimkent, Pavlodar, Nur-Sulton va Uralsk yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlar ushbu avariya tufayli jadvaldan kechikib harakatlanayotgani ma’lum qilingan.
© ZTB QazaqstanSxod gruzovix vagonov na uchastke Moyinti-Sarishagan
Sxod gruzovix vagonov na uchastke Moyinti-Sarishagan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Sxod gruzovix vagonov na uchastke Moyinti-Sarishagan
Yangiliklar lentasi
0