https://oz.sputniknews.uz/20220202/parkentda-arxeologik-yodgorlik-hududi-gisht-ishlab-chiqarish-korxonasiga-sotib-yuborilgan-22503369.html
Parkentda arxeologik yodgorlik hududi g‘isht ishlab chiqarish korxonasiga sotib yuborilgan
Parkentda arxeologik yodgorlik hududi g‘isht ishlab chiqarish korxonasiga sotib yuborilgan
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi noqonuniy ravishda “Tepa (Kultepa)” arxeologik yodgorligiga tegishli 2 gektar yer maydonini xom g‘isht ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun berib yuborgan.
2022-02-02T14:43+0500
2022-02-02T14:43+0500
2022-02-02T14:48+0500
hodisalar
parkent tumani
madaniy boyliklar
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/02/22503341_110:0:1170:596_1920x0_80_0_0_1ca94d8459ade33d348c1d924b64ed51.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi noqonuniy ravishda arxeologik yodgorlik yerini xom g‘isht ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun berib yuborgan. Bu Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘tkazgan o‘rganishlarda ma’lum bo‘ldi.Ma’lum qilinishicha, tumanning Istiqbol mahallasidagi “Tepa (Kultepa)” arxeologik yodgorligiga tegishli 2 gektar yer maydoni hududi 2018-yil 28-sentabrda tuman hokimligi tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda auksion savdolari orqali "U.Q.B" MChJga xom g‘isht ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun berib yuborilgan.Mazkur arxeologik yodgorligi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. U Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan.Sex uchun xom ashyo, ya’ni tuproq yetkazib berish majburiyatini "U.Q.B" MChJ o‘z zimmasiga olgan. Tuproq esa bu arxeologik inshooti hududidan qazib olingan. Oqibatda bu tarixiy inshootga katta miqdorda zarar yetkazilgan.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "U.M.P." MChJ mansabdor shaxslarining "Tepa (Kultepa)" arxeologik yodgorlik hududida xom g‘isht ishlab chiqarish va qazilma ishlarini olib borishi natijasida madaniy meros obyektiga 1,5 trillion so‘m moddiy zarar yetkazilgan.Qoraqalpog‘istonda tarixiy yodgorlik qabristonga aylantirilgani tekshirilmoqda - fotoHozir "U.M.P." MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining “moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish”, “hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish” va “mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.
parkent tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/02/22503341_242:0:1037:596_1920x0_80_0_0_ecff7fbd8e6a10303dcb49d9acdb3726.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
parkent arxeologik yodgorlik tepa kultepa hokimlik sotib yuborgan xom g‘isht sexi
parkent arxeologik yodgorlik tepa kultepa hokimlik sotib yuborgan xom g‘isht sexi
Parkentda arxeologik yodgorlik hududi g‘isht ishlab chiqarish korxonasiga sotib yuborilgan
14:43 02.02.2022 (yangilandi: 14:48 02.02.2022) Parkent tumani hokimligi noqonuniy ravishda arxeologik yodgorlik yerini xom g‘isht ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun berib yuborgan.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi noqonuniy ravishda arxeologik yodgorlik yerini xom g‘isht ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun berib yuborgan. Bu Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘tkazgan o‘rganishlarda
ma’lum bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, tumanning Istiqbol mahallasidagi “Tepa (Kultepa)” arxeologik yodgorligiga tegishli 2 gektar yer maydoni hududi 2018-yil 28-sentabrda tuman hokimligi tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda auksion savdolari orqali "U.Q.B" MChJga xom g‘isht ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun berib yuborilgan.
Mazkur arxeologik yodgorligi Vazirlar Mahkamasining tegishli
qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. U Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan.
Ushbu arxeologik yodgorlikni "U.Q.B" MChJ rahbarlari 2020-yilda qonunchilik talablariga zid ravishda tadbirkor "U.M.P." MChJga sotib yuborishgan. U ham o‘z navbatida, bu yerda xom g‘isht ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Sex uchun xom ashyo, ya’ni tuproq yetkazib berish majburiyatini "U.Q.B" MChJ o‘z zimmasiga olgan. Tuproq esa bu arxeologik inshooti hududidan qazib olingan. Oqibatda bu tarixiy inshootga katta miqdorda zarar yetkazilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "U.M.P." MChJ mansabdor shaxslarining "Tepa (Kultepa)" arxeologik yodgorlik hududida xom g‘isht ishlab chiqarish va qazilma ishlarini olib borishi natijasida madaniy meros obyektiga 1,5 trillion so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Hozir "U.M.P." MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining “moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish”, “hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish” va “mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.